Foto: “Izvestiya”
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Barbok 2024 yil oxirigacha yana ikkita IRIS-T havo mudofaa tizimi Ukrainaga topshirilishini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada mojaro boshlangan 2022 yil fevralidan beri Germaniya Kiyevga 37 milliard yevrodan ortiq moliyaviy yordam ajratgan. Berbok bu harakat Ukrainani himoya qilishdan tashqari, Germaniya xavfsizligini ham ta’minlash va Yevropada tinchlikni saqlash uchun amalga oshirilganini ta’kidladi.
Germaniya Ukrainaga AQSHdan keyin ikkinchi yirik qurol yetkazib beruvchi hisoblanadi. Biroq Olaf Shols uzoq masofaga uchuvchi Taurus qanotli raketalarini Ukraina Qurolli kuchlariga topshirishdan bosh tortdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya mojaro keskinlashishini istamaydi. U, shuningdek, Ukrainaning Rossiya hududiga zarba berish uchun Germaniya qurollaridan foydalanishiga ham qarshi bo‘lmoqda.
21 noyabr kuni Vladimir Putin rossiyalik harbiylar Ukrainaning “Yujmash” mudofaa korxonasiga eng so‘nggi “Oreshnik” o‘rta masofali raketa majmuasi bilan hujum qilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘ziga qarshi qurol qo‘llayotgan mamlakatlar obyektlariga zarba berish huquqiga ega deb hisoblaydi.
Yevroparlament raisi Roberta Metsola Rossiyaning Ukrainaga hujumlari kuchayib borayotgani fonida Germaniyaning TAURUS qanotli raketalarini Ukrainaga tez yetkazib berishga chaqirgandi.
Foto: AP
Metsola ukrainalik askarlarga zudlik bilan yordam kerakligini ta’kidlagan.
“Ukrania prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat G‘arbning qaysidir davlatida saylovlar o‘tkazilayotgani uchun harbiy yordamni uzoq vaqt kuta olmasligini, Ukrainada har kuni odamlar halok bo‘layotganini ta’kidladi. Uning gaplari to‘g‘ri”, dedi u.
Yevroparlament raisi “Rossiya urushni avj oldirayotgani, raketa hujumlarini kuchaytirayotgani, bu esa ko‘plab tinch aholining halok bo‘lishiga olib kelayotgani”dan xavotir bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Supergol urgan Fayzulllayevning o‘yini qanday baholandi?