Foto: Bloomberg
AQSH Federal savdo komissiyasi (FTC) Microsoft korporatsiyasiga nisbatan monopoliyaga qarshi keng ko‘lamli tekshiruv boshladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Tekshiruv kompaniya faoliyatining turli jihatlariga, jumladan, bulutli xizmatlar, kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt sohasidagi ishlanmalarga tegishli. FTC kiberxavfsizlik bilan bog‘liq hodisalardan keyin Microsoft’ni diqqat bilan kuzatmoqda.
Kompaniya davlatning yirik pudratchisi bo‘lib, ko‘plab AQSH idoralariga, jumladan, Pentagonga milliardlab dollarlik dasturiy ta’minot va xizmatlarni taqdim etadi.
Microsoft’ga yuborilgan maktubda FTC tergovga yordam beradigan ma’lumotlarni taqdim etishni talab qildi, deydi manba.
Microsoft — Amerikaning eng yirik dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchisi. U 1975 yilda Vashington shtatida tashkil etilgan. Kompaniyaning eng mashhur mahsulotlariga Windows oilasi operatsion tizimlari, Microsoft Office dasturlar to‘plami, dasturiy ta’minot va video o‘yinlar ishlab chiqish uchun vositalar (Visual Studio), turli xil tizim utilitalar, shuningdek, biznes va internet ilovalar kiradi. Microsoft mahsulotlari dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlarida sotiladi, dasturlari esa 45 tilga tarjima qilingan.
27 noyabrdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Microsoft aksiyalari bir oylik davriy savdolar natijasida -1,17 foizga qadrsizlanib, 422,99 dollarga baholanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi