Foto: Getty Images
Italiya hukumati Yevropa davlatlari bo‘ylab 22 million obunachiga ega bo‘lgan «qaroqchi» televizion tarmoq faoliyatiga chek qo‘ydi. Tarmoq Netflix, Amazon Prime, Paramount, Sky, Disney+ kabi striming servis va telekanallar kontentini noqonuniy uzatish bilan shug‘ullangan.
Qayd etilishicha, Italiya politsiyasi Europol va Eurojust bilan qariyb ikki yil davomida birgalikda tergov olib borgan. Joriy haftada 270 nafar politsiyachi Italiyadagi 89 ta manzilda tintuv o‘tkazgan, ularning boshqa davlatlardagi hamkasblari esa Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Shvetsiya, Shveysariya, Ruminiya, Xorvatiya va Xitoydagi 14 ta obyektni ko‘zdan kechirgan.
Ma’lum qilinishicha, o‘ndan ortiq gumonlanuvchi qo‘lga olingan, serverlar va boshqa uskunalar, shuningdek, qiymati 1,65 million yevroni tashkil etadigan kriptovalyuta musodara qilingan.
Eurojust ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu tarmoq dunyodagi eng yirik noqonuniy servislardan biri bo‘lib, yillik daromadi 3 milliard yevroga yetgan. Qonuniy ravishda faoliyat yurituvchi telekanal va striming servislar esa uning faoliyati ortidan 10 milliard yevro zarar ko‘rgani aytilmoqda.
Italiya hukumatining ma’lum qilishicha, «qaroqchilar» o‘zlarini ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali reklama qilgan, filmlar, seriallar, sport translyatsiyasi va boshqa kontentlarni tomosha qilish uchun esa oyiga 10 yevro to‘lash kifoya bo‘lgan. Italiyalik prokuror Franchesko Kursioning ta’kidlashicha, «ushbu noqonuniy faoliyat daromadini kokain savdosiga qiyoslash mumkin». “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”