Foto: Getty Images
Shveysariya federal prokurori tomonidan 29 noyabr kuni taqdim etilgan ayblov xulosasida mamlakatning eng nufuzli banklaridan biri — Lombard Odier O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning gumon qilinayotgan jinoiy faoliyatini yillar davomida yashirishda hal qiluvchi rol o‘ynagani aytiladi, deb yozadi Financial Times nashri.
Prokurorlarga ko‘ra, Gulnora Karimova O‘zbekiston hukumatining daromadli shartnomalarini nazorat qilib, milliardlab dollarlarni o‘zlashtirgan va tovlamachilik qilgan. Shuningdek, daromadlarni Shveysariyada joylashgan The Office tashkiloti orqali yuvgan.
Shveysariya prokuraturasi 2023 yilda ham Gulnora Karimovaga ayblovlar e’lon qilgan edi. Ularga ko‘ra Karimova asosan, O‘zbekistonda shartnomalar tuzish niyatida bo‘lgan xalqaro kompaniyalardan muntazam ravishda pora olish orqali milliardlab daromadni o‘zlashtirgan. Prokuratura e’lon qilgan yangi ayblovga ko‘ra, Lombard Odier banki jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash standartlari va ichki muvofiqlik tartib-qoidalariga rioya qilmaganlikda ayblanmoqda.
Lombard Odier banki o‘z bayonotida sobiq mijozi, ya’ni Karimova haqida o‘n yildan ko‘proq vaqt oldin Shveysariyaning pul yuvishga qarshi kurash idoralariga mustaqil ravishda xabar berganidan keyin tergov boshlanganini ta’kidlagan.
“Biz prokurorning bankka nisbatan ayblovlarini e’tiborga oldik. Bank uchun ayblovlar asossiz. Bank o‘zini himoya qilishni rejalashtirmoqda. Jarayon 2012 yildan beri davom etmoqda va bank har doim tegishli organlar bilan to‘liq hamkorlik qilib kelgan”, deyiladi bayonotda.
Mazkur bank 2016 yilda ushbu ish yuzasidan jinoiy javobgarlikka tortilgan. Politsiya o‘sha yili Karimova nomiga ochilgan seyflarni tintuv qilganida O‘zbekiston hukumati mablag‘lari hisobiga olingan qimmatbaho zargarlik buyumlari hamda ko‘plab hujjatlar topilgan, prokurorlar ulardan tergovda foydalangan.
Qayd qilinishicha, Lombard Odier bankining sobiq xodimiga ham prokuratura ayblov qo‘ygan. Shveysariya qonunchiligiga ko‘ra, sudgacha bu shaxsning ismi-sharifi oshkor etilmaydi. 2008 yilda Lombard Odier tomonidan ishga olinishidan oldin mazkur shaxs Karimovaning qo‘lida ishlagani ta’kidlangan.
Prokurorlar uni bankning ichki muvofiqlik talablarini buzishda gumon qilmoqda.
Karimova shuningdek, Shveysariyadagi ikkinchi yirik bankrotlik ishiga ham aloqadorligi aytilmoqda. 2010 yilda faqat O‘zbekistonga sarmoya kiritgan va Zug shahrida joylashgan Zeromax konglomerati 4,6 milliard dollar qarz bilan inqirozga uchragan edi. Kreditorlar Karimova undan jinoiy daromad orttirish maqsadida foydalanganini da’vo qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi