Foto: Report.az
AQSH Davlat departamenti Tayvanga taxminan 385 million dollarlik F-16 qiruvchi samolyotlari va radar qismlarini sotishni ma’qulladi. Bu haqda Pentagonning mudofaa xavfsizligi bo‘yicha hamkorlik agentligi ma’lum qilgan.
Davlat departamenti, shuningdek, Tayvanga takomillashtirilgan mobil abonent uskunalari va ularni qo‘llab-quvvatlash qurilmalarini taxminan 65 million dollarga sotishni ma’qulladi, dedi Pentagon. Bitimning asosiy pudratchisi General Dynamics kompaniyasi hisoblanadi.
Tayvan Mudofaa vazirligi sotuvlar bir oy ichida “kuchga kirishi”ni kutayotganini va jihozlar F-16 flotining jangovar tayyorgarligini saqlashga hamda “mustahkam mudofaa kuchlarini yaratishga” yordam berishini aytdi.
Avvalroq Xitoy AQSHni Tayvan bilan munosabatlarda “maksimal ehtiyotkor bo‘lishga” chaqirgandi.
Shuningdek, Xitoy rahbari Si Szinpin AQSH kesib o‘tishi mumkin bo‘lmagan to‘rtta “qizil chiziq” haqida gapirgan.
Foto: Bloomberg
“Tayvan masalasi, demokratiya va inson huquqlari, Xitoy tizimi va rivojlanish huquqi, Xitoyning bahslashish yoki bosib o‘tish mumkin bo‘lmagan to‘rtta qizil chizig‘i hisoblanadi”, dedi Si Szinpin Lima shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo—Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi rahbarlarining norasmiy uchrashuvi doirasida.
Pekin va Vashington 2022 yil avgustida AQSH Vakillar palatasi sobiq spikeri Nensi Pelosi Tayvanga borganda yuqori darajadagi harbiy aloqalarni uzgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi