Foto: Bild
Germaniyaning Elmsxorn shahrida 17 yoshli Emin B. yirik terrorchilik harakatini tayyorlashda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda Bild xabar berdi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, o‘smir Rojdestvo bayrami arafasida yuk mashinasi bilan odamlarni bosib ketmoqchi bo‘lgan. Bundan tashqari, u o‘zining kuratorlari bilan portlovchi qurilma yasash va diplomatik muassasalarga hujum qilish masalalarini muhokama qilgan.
“Biz ko‘plab qurbonlar ishtirokida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan falokatning oldini oldik”, dedi Germaniya prokuraturasi vakillari.
Hibsga olinishdan oldin o‘smir kuzatuv ostida bo‘lgan. Amerika maxsus xizmatlari nemis hamkasblariga Eminning ISHID bilan bog‘liq suhbatlarda qatnashayotgani haqida ma’lumot yetkazgan. Jumladan, u hujumlar uyushtirishga tayyorligi haqida yozgan, shuningdek, “kofirlar”ga hujum qilish rejalarini ham tilga olgan.
Nemis tergovchilari uning portlovchi qurilmalar uchun tarkibiy qismlar xarid qilgani va Iroq hamda Marokashdagi kuratorlari bilan yozishmalar olib borganini tasdiqlagan. Bundan tashqari, Emin B. yuk mashinasini boshqarish bo‘yicha bir necha haydovchilik mashg‘ulotlarini o‘tagan.
Politsiya xodimlari, shuningdek, Germaniyada tayyorlanayotgan terakt ishtirokchisi sifatida Belal R.ni ham qo‘lga olgan. Tintuvlar davomida politsiya uning uyidan yonuvchi moddalar, pirotexnika vositalari va elektron qurilmalarni musodara qilgan.
ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi
Qaysi navli mandarinlar eng shirin bo‘ladi?
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov KXDR rahbari bilan uchrashdi