Foto: “Guineeinfos.com”
Gvineyaning ikkinchi yirik shahri Nzerekoreda futbol o‘yinida muxlislar o‘rtasidagi to‘qnashuvda yuzga yaqin odam halok bo‘ldi. Bu haqda Barron's anonim manbalarga tayanib xabar berdi.
Shifokorlardan birining so‘zlariga ko‘ra, 100 ga yaqin odam halok bo‘lgan, jasadlar mahalliy shifoxona va o‘likxonani to‘ldirgan.
“Kasalxonada jasadlar to‘lib ketgan. Ba’zilari koridorlarda murdalar yerga yotqizilgan. O‘likxonalar to‘lgan”, deya izoh berdi u.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqeaga hakamning qizil kartochka ko‘rsatgani, keyinroq esa jamoalardan birining darvozasiga penalti belgilagani sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng muxlislar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘lgan.
Politsiya ularni ajratish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Undan qochmoqchi bo‘lgan muxlislar stadiondan qochishga shoshilgan, oqibatda chiqish joylarida tirbandlik paydo bo‘lgan. Ko‘pchilik bo‘g‘ilishdan yoki tashqariga chiqishga urinayotganda stadion devoridan yiqilish sabab halok bo‘lgan.
Ushbu o‘yin Gvineyadagi isyonchilar yetakchisi polkovnik Mamadi Doumbuya sharafiga o‘tkazilgan turnir doirasida sodir bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qon bosimini qanday qilib doim me’yorda ushlab turish mumkin?
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov KXDR rahbari bilan uchrashdi
Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi
Ukrainalik askarlar Rossiya bilan muzokaralar olib borishni istashmoqda
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
Qaysi navli mandarinlar eng shirin bo‘ladi?
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi