Foto: Tramp va Bulos
AQSHning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp tadbirkor Massad Bulosni arab va Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha bosh maslahatchi etib tayinladi. Bu haqda Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Bulos saylangan prezidentning qizi Tiffanining qaynotasi hisoblanadi. 2022 yilda Tiffani Bulosning o‘g‘li Mayklga turmushga chiqqan.
Foto: Tiffani va eri Maykl Bulos
Tadbirkor respublikachini qo‘llab-quvvatlagan va saylovoldi tashviqoti paytida AQSHdagi musulmon jamoatchiligi vakillari bilan uchrashgan. Uning faoliyati Trampga beqaror shtatlardan biri — Michiganda g‘alaba qozonishga yordam bergan.
Foto: Massad Bulos / Getty Images
Bulosning otasi va bobosi Livan siyosatining nufuzli shaxslari bo‘lgan, qaynotasi esa “Hizbulloh” guruhi bilan aloqador “Ozod vatanparvarlik harakati” nasroniy partiyasining asosiy homiylaridan edi. Ishbilarmonning o‘zi Livanning turli siyosiy doiralari vakillari, jumladan, “Hizbulloh” bilan aloqa o‘rnatgan.
Shuningdek, Tramp qizi Ivankaning qaynotasi — Charlz Kushnerni Fransiyaga elchi etib tayinladi.
Foto: Charlz Kushner / Getty Images
Uning o‘g‘li Jared Trampning birinchi prezidentlik muddati (2017-2021) davrida uning bosh maslahatchisi lavozimida ishlab, 2020 yilda Isroilning Bahrayn, BAA, Sudan va Marokash bilan munosabatlarini normallashtirish bo‘yicha “Ibrohim bitimi”ning imzolanishiga olib kelgan muzokaralarda hal qiluvchi rol o‘ynagandi.
Foto: Ivanka Tramp va eri Jared Kushner / Reuters “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qon bosimini qanday qilib doim me’yorda ushlab turish mumkin?
Ukrainalik askarlar Rossiya bilan muzokaralar olib borishni istashmoqda
Qaysi navli mandarinlar eng shirin bo‘ladi?
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov KXDR rahbari bilan uchrashdi
Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?