Foto: Oleg Petrasiuk/Ukrainian Army via AP
Agar Kiyev va Moskva o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha biron-bir kelishuv tuzilsa, Yevropa davlatlari Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yuborishi mumkin. Bu haqda DW nashriga anonimlik sharti bilan ikki manba NATO tashqi ishlar vazirlarining 3-4 dekabr kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi kontekstida ma’lum qildi va ikkala holatda ham gap potensial kuzatuv missiyasi haqida ketayotganini bildirdi. Suhbatdoshlar fikricha, bunday qadam Yevropa davlatlarining Ukrainadagi kelishuv jarayoniga hissa qo‘shish variantlaridan biriga aylanishi mumkin, biroq ayni paytda tinchlikparvar qo‘shinlarni yuborish talabi Ukrainaning o‘zidan chiqishi kerak.
Bunday bayonotlar NATOga rasman berilmagan — na milliy darajada, na Shimoliy Atlantika alyansi darajasida. Taxminlarga ko‘ra, agar bunday missiya amalga oshirilsa, u butun NATO emas, balki faqat uzoq muddatda va alohida davlatlar nomidan bo‘ladi.
NATO bosh kotibi Mark Ryutte 3 dekabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ukrainada tinchlik o‘rnatish yo‘lidagi qadamlardan biri sifatida ittifoqchi kuchlarning Ukraina hududida bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga javob bermadi. «Men alyansning har bir a’zosidan kelayotgan har bir yangilikka izoh bermoqchi emasman, chunki biz bor e’tiborni Ukraina muzokaralarni eng yaxshi tomondan boshlashiga qaratishimiz kerak deb o‘ylayman», dedi Ryutte. NATO rasmiylari ham bu mavzuga hozircha izoh bermagan.
Chexiya tashqi ishlar vaziri Yan Lipavskiy jurnalistlarga Ukraina hududidagi NATO qo‘shinlari haqida gapirishni istamasligini aytdi, uning luksemburglik hamkasbi Ksave Bettel esa «askarlar borishi - urush degani» dedi hamda Yevropa hukumatlari qanday qilib o‘z saylovchilariga urush olib borish qarorini tushuntirishi bo‘yicha shubha bildirdi.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga yig‘ilishga yetib kelganidan so‘ng jurnalistlar oldida chiqish qildi, biroq ularning savollariga javob bermadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ilon Mask: Amerika Qo‘shma Shtatlari bankrotlik yoqasida!
Bayden “Isroilga qarshi kitob” bilan omma oldida ko‘rindi
Erdo‘g‘an Putin bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi
Xitoy Donald Trampning BRICS a’zolariga nisbatan tahdidlariga javob berdi
Germaniyada 17 yoshli bola yirik terakt uyushtirishga urindi
O‘zbekistonda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga doir taqiqlar belgilandi
Nukusda rossiyalik jurnalist qo‘lga olingani bo‘yicha rasmiy izoh berildi
Chet el valyutalarining so‘mga nisbatan yangi qiymati belgilandi