14:32 / 13.10.2016
12 209

«Hisobimda qancha pul borligini bilmayman»: Alisher Usmonovning intervyularda yangragan eng yaxshi gaplari

«Hisobimda qancha pul borligini bilmayman»: Alisher Usmonovning intervyularda yangragan eng yaxshi gaplari

Rusbase nashri Rossiyaning eng boy biznesmenlaridan biri Alisher Usmonovning intervyularda yangragan eng yaxshi mulohazalarini bir joyga to‘pladi.

  • Pul — yo muvaffaqiyatlaringiz mezoni, yo, aksincha, omadsizliklarni o‘lchaydigan ko‘rsatkich.
  • Ta’lim boy bo‘lish uchun kerak, deb aniq ayta olmayman. Biroq ta’lim olgan bo‘lsangiz, boyib ketishingiz ehtimoli ancha katta bo‘ladi.
  • Biznesda, xuddi sportdagi kabi, eng kuchlilar yutib chiqadi.
  • Men boy bo‘lib tug‘ildim: ota-onam menga ta’lim va tarbiya berdi.
  • Biznesdagi muvaffaqiyatsizlik doim ham biznesning natijasi muvaffaqiyatsiz bo‘lganini bildirmaydi.
  • Qanchalik ko‘p bo‘lishsangiz, sizga shunchalik ko‘p qaytib keladi.
  • Pul sizga nimadadir erkinlik berishi mumkin, biroq boshqa narsada tobe qilib qo‘yadi.
  • Hamma ishlay oladi. Lekin hamma ham o‘z ishi natijasiga ko‘ra biznesmen bo‘la olmaydi.
  • Eng yoqimli xarajat — bu kitob xarid qilish.
  • Ma’lum yoshga etganda sevimli ayolingizga sovg‘a sotib olish uchun pul sarflash xursandchilik bag‘ishlaydi.
  • Oilamizdagi bolalarga juda kam pul berishga harakat qilaman. Bizga ota-onamiz avvalo ta’lim va tarbiya qoldirgan, qolgan narsalarning barchasiga biz o‘zimiz erishganmiz.
  • Baxt pulda emas, baxtli bo‘la olish qobiliyatida.
  • Bugun men jon deb yillik daromadi bir necha yuz ming dollarga teng odam bo‘lardim. Shunda hech kimning men bilan ishi bo‘lmasdi va butunlay erkin bo‘lardim.
  • Hisobimda qancha pul borligini bilmayman. Mening g‘aznachi vazifasini bajaruvchi odamim bor.
  • Mening shaxsiy xarajatlarim men oladigan daromadga solishtirganda unchalik katta emas.
  • Men o‘zimni juda oddiy odam deb hisoblayman. Mening hayot tarzim hech qachon qancha pul ishlab topishimga bog‘liq bo‘lmagan.
  • Birinchi navbatda ota-onamdan o‘zimda menga do‘stlar orttirish imkonini bergan xususiyatlarni tarbiyalagani uchun minnatdorman. Do‘stlarimdan esa menga katta biznesmen bo‘lishda yordam bergani uchun minnatdorman.

Manba: Daryo

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Hisobimda qancha pul borligini bilmayman»: Alisher Usmonovning intervyularda yangragan eng yaxshi gaplari