
Foto: Isroil mudofaa kuchlari
Suriyadagi vaziyat o‘zgarib borayotganini inobatga olgan holda SAHAL qo‘shinlarini Suriya bilan chegaradagi bufer zonaga «va bir qator boshqa joylarga Jo‘lan tepaliklaridagi jamoalar va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun» joylashtirdi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) 8 dekabr, yakshanba kuni Telegram'da e’lon qildi.
«SAHAL Suriyadagi ichki voqealarga aralashmasligini ta’kidlaymiz, - deyiladi bayonotda. - SAHAL bufer zonani saqlab qolish va Isroil va uning tinch aholisini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan vaqtgacha o‘z faoliyatini davom ettiradi».
Netanyahuning Jo‘lan tepaliklariga tashrifi
Xuddi shu kuni, 8 dekabrda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Suriyada Bashar Asad rejimining ag‘darilganini olqishlab, bu sodir bo‘lgan kunni Yaqin Sharqda «tarixiy kun» deb atadi. Suriya hukmdori Asadning qulashi «Eron yovuzlik o‘qi»ning markaziy bloklaridan biri vayron bo‘lishiga olib keldi, dedi Isroil bosh vaziri Jo‘lan tepaliklariga tashrifi chog‘ida.
Shu bilan birga, u Isroilning «Hizbulloh» Livan harakati va «Asadning eng muhim tarafdorlari» bo‘lgan Eronga qarshilik ko‘rsatishi Bashar Asad rejimining ag‘darilishida ham muhim rol o‘ynagan, degan fikrni bildirdi. «Bu Yaqin Sharqda zanjirli reaksiyaga sabab bo‘ldi va zulm qilgan rejimdan ozod bo‘lishni istaganlarni kuchaytirdi», dedi Netanyahu.
Isroil bosh vazirining ta’kidlashicha, SAHALga Jo‘lan tepaliklaridagi bufer zonaga kirib borish va bu hududni, shuningdek, «qo‘shni strategik pozitsiyalarni» nazoratga olish buyrug‘ini bergan. «Suriya bilan bufer zona bo‘yicha 50 yillik kelishuv barbod bo‘ldi. Isroil hech qanday dushman kuchlarni chegaramizda o‘rnatishga yo‘l qo‘ymaydi», — deya Netanyahu so‘zlarini keltirgan AFP. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar