15:07 / 09.12.2024
34

Turkiya Suriya muxolifatining Asadni ag‘darish rejalari haqida 6 oy oldin bilgan

Turkiya Suriya muxolifatining Asadni ag‘darish rejalari haqida 6 oy oldin bilgan
Foto: AFP
Damashqda hokimiyatni qo‘lga kiritgan qurolli suriyalik muxolifat Turkiyani olti oy oldin keng ko‘lamli hujum boshlash niyati haqida ogohlantirgan. Bu haqda tegishli manbalarga tayanib, Reuters xabar berdi.

Manbalarning aniqlik kiritishicha, isyonchilar Suriyadagi fuqarolar urushi boshlanganidan beri Suriya muxolifatining asosiy homiylari bo‘lib kelgan turk rasmiylarini ogohlantirmasdan harakat qila olmaydi. Shu bilan birga, isyonchilar asosiy maqsadi — Suriyaning ikkinchi yirik shahri bo‘lmish Halabni qo‘lga kiritish operatsiyasi uchun Anqaradan so‘zsiz rozilik olgan.

Jasoratli reja “Hayat Tahrir ash-Sham” (HTSH) guruhi va uning rahbari Abu Muhammad al-Juloniy tomonidan ishlab chiqilgan, deydi nashr suhbatdoshlaridan biri.

Bungacha 2020 yilda Rossiya bilan Suriya shimoli-g‘arbidagi jangovar harakatlarni yumshatish bo‘yicha kelishuvga erishgan Turkiya, mintaqada qochqinlarning yangi to‘lqini paydo bo‘lishiga olib kelishidan qo‘rqib, isyonchilarning yirik hujumiga qarshi chiqqan edi. Biroq Reuters manbalariga ko‘ra, yil boshida Suriya muxolifati Anqara prezident Bashar Asadga nisbatan o‘z pozitsiyasini keskinlashtirganini sezgan.

Bu Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Suriya oldida turgan harbiy boshoqqa siyosiy yechim topishga urinishlarini rad etganidan keyin sodir bo‘ldi. Qurolli muxolifat bundan unumli foydalanib, turk rasmiylariga Asadni ag‘darish rejasini taqdim etgan.

Ular diplomatiya yo‘li “yillar davomida ishlamayotgani”, shuning uchun boshqa yondashuvni sinab ko‘rish kerakligini ta’kidlagan.

Isyonchilar Turkiyaga “Siz hech narsa qilishingiz shart emas, shunchaki aralashmang” deya xabar yo‘llagan, deydi Reuters nashri.

Suriyadagi vaziyat

Noyabr oyi oxirida qurolli isyonchilar Suriya shimoliy qismiga yurishni boshladi. Ular Idlib viloyatini, mamlakatdagi aholi soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Halab shahrini, Xama va Xoms viloyatlari hududlarining bir qismini o‘z nazoratiga oldi. Shundan so‘ng Damashqqa kirdi. Prezident Bashar Asad oilasi bilan mamlakatni tark etgani haqida xabarlar tarqaldi.

Keyinroq Reuters nashri Asad bortida bo‘lgan samolyot radarlardan yo‘qolgani, ehtimol, urib tushirilgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi esa Bashar Asad isyonchilar bilan kelishuvga erishib, iste’foga chiqishga rozi bo‘lgani, shundan keyin Suriyani tark etgani haqida ma’lumot berdi. Isyonchilar Asadni qo‘lga olishda yordam beradigan ma’lumot uchun 10 million dollar va’da qilingan.

Siyosatchi mamlakatni tark etganidan keyin isyonchilar Asad qarorgohiga bostirib kirgan, odamlar buyumlarni talon-toroj qilgan. Qarorgohdagi garajda BMW, Audi, Ferrari, Lamborghini Diablo kabi 50 ga yaqin hashamatli va qimmatbaho avtomobillar aniqlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya Suriya muxolifatining Asadni ag‘darish rejalari haqida 6 oy oldin bilgan