Janubiy Koreyaning yuqori martabali amaldorlarga nisbatan korrupsiyani tergov qilish boshqarmasi boshlig‘i O Don Un mamlakat prezidenti Yun Sok Yolning mamlakatdan chiqishini taqiqlashga ko‘rsatma berganini, ammo taqiq hali amalga oshirilmaganini aytdi, deb yozadi Ryonhap agentligi.
Foto: Chosun
O Don Un bu haqda parlament eshituvlari chog‘ida ma’lum qilgan.
Avvalroq Janubiy Koreya prokuraturasi Yun Sok Yolga nisbatan ilgari surilgan davlatga xiyonat va hokimiyatni suiiste’mol qilishda ayblovlar bo‘yicha tergov boshlanganini ma’lum qilgan edi.
“Men prezidentga chiqishni taqiqlashni so‘rash bo‘yicha tergovchilarga buyruq berdim, lekin bu hali amalga oshirilmagan”, deb tushuntirdi O Don Un.
Koreyada harbiy holat
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol 3 dekabr kuni kechqurun mamlakatda favqulodda harbiy holat e’lon qildi. Parlament va siyosiy partiyalarning faoliyati taqiqlandi. Davlat rahbari bu qarorni “konstitutsiyaviy tartibni himoya qilish va mamlakat ichidagi Shimoliy Koreya tarafdorlarini yo‘q qilish” zarurati bilan izohladi.
Hukumat harakatlaridan norozi bo‘lib, parlament binosi oldida namoyishchilar to‘plandi. Politsiya parlamentga kirishni to‘sib qo‘ydi va shahar ko‘chalarida harbiy texnika paydo bo‘ldi.
Bir necha soatdan so‘ng 300 deputatdan 190 nafari parlamentga kirishga muvaffaq bo‘ldi va harbiy holatni bekor qilish uchun ovoz berdi. Muxolifat yetakchisi Li Je Men prezident qarorini “konstitutsiyaga zid” deb atadi va uni “xalqqa qarshi” qadam sifatida qoraladi. Kechroq Janubiy Koreya prezidenti mamlakatda joriy etilgan harbiy holatni bekor qilishga rozi bo‘ldi.
Janubiy Koreya muxolifati prezident, mudofaa vaziri Kim Yon Xyon, ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Li San Min, shuningdek, harbiylar va politsiyachilardan bo‘lgan voqealarning boshqa asosiy ishtirokchilarini davlat to‘ntarishida ayblashini ma’lum qildi.
Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi 7 dekabr kuni prezident Yun Sok Yol impichmenti uchun zarur miqdordagi ovozlarni to‘play olmadi, prezidentni lavozimidan ozod etish uchun zarur 200 kishidan 195 nafar deputat ovoz berdi.
11 dekabr kuni parlamentning navbatdan tashqari sessiyasi ochilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda impichment loyihasi yana taqdim etiladi, u bo‘yicha ovoz berish 72 soat ichida o‘tkazilishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya prezidenti dunyoda faqat ikki yetakchi qolganini aytdi
"Metallurg" 2025 yil Superligada o‘ynaydi
Tadqiqot: Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi
"Mevalar qiroli" mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?
Germaniyada suriyaliklar Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganini ommaviy ravishda nishonladi
Suriya prezidenti qarorgohi talon-toroj qilindi (video)
Tokioda tug‘ilish darajasini oshirish uchun 4 kunlik ish haftasi joriy etiladi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrov amerikalik jurnalistga nimalar dedi?