Foto: Glavred
Rossiya Il-76 samolyoti halokatida qurbon bo‘lganlarning jasadlarini Ukrainaga topshirdi. Bu haqda RIA Novosti rossiyalik ombudsmen Tatyana Moskalkovaga asoslanib xabar berdi.
«Ular topshirildi. Men bunda qatnashdim», — dedi u.
Il-76 samolyoti 2024 yilning yanvarida Belgorod oblastida urib tushirilgan edi. Samolyot bortida 65 nafar ukrain harbiy asiri, olti nafar ekipaj a’zosi va uch nafar kuzatuvchi bo‘lgan. Barchasi halok bo‘lgan.
O‘shanda Rossiya mudofaa vazirligi Il-76 Xarkov viloyatining Lipsa qishlog‘i atrofida joylashgan zenit-raketa majmuasidan uchirilgan ikkita raketada urib tushirilgani haqida bayonot bergandi.
Ukraina mudofaa vazirligi, o‘z navbatida, harbiy asirlarning yo‘nalishi va qay shaklda yetkazilishi haqida Kiyevga xabar berilmagani, 30 kilometrlik jangovar harakatlar zonasida transport samolyotini qo‘ndirish xavfsiz bo‘lmasligini ta’kidlagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Zelenskiy Qrim va Donbass haqida: «Bizda ularni qaytarish uchun kuch yo‘q»
Janubiy Koreya harbiy razvedka rahbari hibsga olindi