Foto: AP Photo
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Meksika va Kanadaga agar ular Amerika subsidiyalarini olishda davom etishni istasa, AQSH tarkibiga kirishni taklif qildi. U bu haqda NBC News telekanalidagi dasturda ma’lum qildi.
Tramp agar bu davlatlar AQSHga migrantlar va giyohvand moddalar oqimini kamaytirmasa, Kanada va Meksikadan import uchun 25 foizlik boj joriy etish bilan tahdid qildi.
"Biz Kanadaga yiliga 100 milliard dollardan ortiq, Meksikaga esa qariyb 300 milliard dollar subsidiya beramiz. Biz bunday qilmasligimiz kerak, nega bu mamlakatlarga subsidiya berayapmiz? Agar subsidiyalashni istaydigan bo‘lsak, ular shtatga aylansin", degan Tramp.
Dekabr oyi boshida Tramp Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoga Kanadadan keltirilayotgan barcha tovarlarga 25 foizlik import bojini joriy etishni rejalashtirayotganini aytgandi. Agar Kanada noqonuniy migratsiya bilan bog‘liq vaziyatni tubdan o‘zgartira olmasa va 100 milliard dollarga yaqin bo‘lgan savdo taqchilligini kamaytirmasa, Tramp bu reja amalga oshishi mumkinligini aytdi.
Tryudo bunday choralar Kanada iqtisodiyotini barbod qilishi mumkinligini ta’kidladi. Bunga javoban Tramp, ehtimol hazil tariqasida, Kanada AQSHning 51-shtati bo‘lishi, Tryudo esa uning gubernatori bo‘lib qolishi mumkinligini aytdi. Tryudo bu gapga “asabiy kulgu” bilan munosabat bildirgan.
Tramp uchta davlat tovarlariga bojlar joriy etmoqchi
AQSHning saylangan prezidenti Meksika va Kanada tovarlariga 25 foizlik, Xitoynikiga esa 10 foizlik boj joriy etishini aytdi. Qaror noqonuniy migrantlar oqimi va giyohvand moddalar kontrabandasi bilan bog‘liq.
"20 yanvardan boshlab Meksika va Kanadaning barcha tovarlariga 25 foizlik tarif joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzolayman. Ushbu tarif giyohvand moddalar, ayniqsa, fentanil va noqonuniy migrantlar mamlakatimizga bostirib kirishni to‘xtatmaguncha o‘z kuchida qoladi", degan Tramp.
U AQSHga asosan Meksika orqali fentanil olib kelinadigan Xitoy uchun 10 foizlik boj joriy etishni rejalashtirayotganini aytgan. Siyosatchi Xitoy rasmiylari har qanday giyohvand moddalar savdogarlari uchun o‘lim jazosini va’da qilgani, ammo va’dalarini bajarmaganini eslatgan.
Трамп, Мексика, Канада, АҚШ таркибига кириш “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
"Mevalar qiroli" mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?
Bashar Asad armiyasi nega tezda qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi?
AQSH Moliya vazirligi Kiyevga 20 mlrd dollar qarz haqida e’lon qildi
Bolgariya Rossiya gazining Yevropaga tranzitini to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
Osiyo chempionati. Asilbek Jalilov Filippin vakilini taslim qildi va chempionga aylandi
Suriya muvaqqat hukumati rahbari Muhammad al-Bashir haqida nimalar ma’lum?