Foto: Wikipedia
Muhammad al Bashir Suriyaning muvaqqat hukumati boshlig‘i etib tayinlanganini e’lon qildi.
Kelib chiqishi, ma’lumoti
Al-Bashir 1983 yilda Suriyaning Idlib viloyatidagi Jabal-uz-Zaviya shahrida tug‘ilgan. 2007 yilda Aleppo universitetini elektrotexnika yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. 2010 yilda Suriya ta’lim vazirligi tashkil etgan ingliz tilining chuqurlashtirilgan kursini o‘tagan. 2021 yilda Idlib universitetini bitirgan va u yerda shariat qonunlarini o‘rgangan. Shu yili Suriya xalqaro kasbiy qayta tayyorlash, tillar va konsalting akademiyasida rejalashtirish va ma’muriy tashkil etish tamoyillari bo‘yicha sertifikat olgan.
Ish faoliyati
2011 yilda Suriya gaz kompaniyasining gaz zavodida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan. 2021 yildan so‘ng Al-Amal ta’lim instituti direktori, shuningdek, 2017 yil noyabr oyida Suriyadagi fuqarolik urushi paytida “Hayat Tahrir ash-Sham” islomiy guruhi tashkil etgan muqobil “Suriyani qutqarish hukumati”da Din va xayriya ishlari vazirligining shariat ta’limi departamenti boshlig‘i bo‘lgan.
Keyinchalik Taraqqiyot va gumanitar masalalar vazirligi assotsiatsiyalar ishlari bo‘yicha departament boshlig‘i, o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2022 yildan 2023 yilgacha Ali Keda kabinetida rivojlanish va gumanitar masalalar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 2024 yil yanvar oyida “Qutqarish hukumati” sho‘ro kengashi al-Bashirni bosh vazir etib saylash uchun ovoz bergan.
Uning saylovoldi platformasi elektron hukumat infratuzilmasini yaratish, iqtisodiyotni rivojlantirish va islom qadriyatlarini mustahkamlashga qaratilgan edi. 2024 yil 5 mart kuni Idlibdagi “Hayat Tahrir ash-Sham”ga qarshi namoyishlar va Ramazon hayiti boshlanishi fonida al-Bashir og‘ir jinoyat sodir etmagan mahbuslarni kaltaklash jazosidan ozod qilish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan.
“Hayat Tahrir ash-Sham”ning Halabga hujumi boshlanganidan so‘ng, al-Bashir matbuot anjumanida hujum Suriya hukumati qo‘shinlarining tinch aholiga hujumlariga javoban boshlanganini aytgan edi.
Idlib shahrida qo‘zg‘olonchilarga rahbarlik qilgan Muhammad al-Bashir o‘zini Suriyaning o‘tish davri hukumati rahbari etib tayinladi. U fuqarolarga qarata qilgan televidenie murojaatida bu lavozimni kamida 2025 yil 1 martgacha egallab turishini ma’lum qildi.
Suriyadagi vaziyat
Noyabr oyi oxirida qurolli isyonchilar Suriya shimoliy qismiga yurishni boshladi. Ular Idlib viloyatini, mamlakatdagi aholi soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Halab shahrini, Xama va Xoms viloyatlari hududlarining bir qismini o‘z nazoratiga oldi. Shundan so‘ng Damashqqa kirdi. Prezident Bashar Asad oilasi bilan mamlakatni tark etdi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Bashar Asad isyonchilar bilan kelishuvga erishib, iste’foga chiqishga rozi bo‘lgani, shundan keyin Suriyani tark etgani haqida ma’lumot berdi. Isyonchilar Asadni qo‘lga olishda yordam beradigan ma’lumot uchun 10 million dollar va’da qilgan.
Siyosatchi mamlakatni tark etganidan keyin isyonchilar Asad qarorgohiga bostirib kirgan, odamlar buyumlarni talon-toroj qilgan. Qarorgohdagi garajda BMW, Audi, Ferrari, Lamborghini Diablo kabi 50 ga yaqin hashamatli va qimmatbaho avtomobillar aniqlangan.
Kechroq Kremldagi manbalar Suriyadan qochgan prezident oilasi bilan Moskvaga kelgani, Putin ularga boshpana berganini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tokioda tug‘ilish darajasini oshirish uchun 4 kunlik ish haftasi joriy etiladi
Germaniyada suriyaliklar Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganini ommaviy ravishda nishonladi
"Mevalar qiroli" mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?
Tadqiqot: Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi
Isroilda bosh vazir Binyamin Netanyahu ustidan sud jarayoni boshlandi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrov amerikalik jurnalistga nimalar dedi?
Turkiya prezidenti dunyoda faqat ikki yetakchi qolganini aytdi
Janubiy Koreya prezidentining mamlakatdan chiqishi taqiqlandi