Foto: Chip Somodevilla / Getty Images
AQSH Moliya vazirligi G7 ("Yettilik guruhi") tashabbusi doirasida Ukrainaga 20 milliard dollar (19 milliard yevro) ajratilishini e’lon qildi. Qarz haqida 10 dekabr, seshanba kuni AQSH moliya idorasi ma’lumot berdi.
Kredit Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan mablag‘lar hisobidan to‘lanishi kerak. G7 orqali taqdim etilayotgan mablag‘larning umumiy miqdori 50 milliard dollarni (47,5 milliard yevro) tashkil etadi.
AQSH moliya vaziri Janet Yellen Ukrainaga «tez yordam xizmatlari, shifoxonalar va jasoratli qarshilik ko‘rsatishning boshqa ustunlarini saqlab qolish uchun» moliyaviy resurslar kerakligini ta’kidladi.
Bu mablag‘lar, Vashingtonning xavfsizlikka yordami va Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish choralari «Ukrainaning o‘z suverenitetini himoya qilish va adolatli tinchlikka erishishdagi pozitsiyasini mustahkamlaydi», deb ta’kidladi Yellen.
Siluanov: RF muzlatilgan aktivlardan foydalanish bo‘yicha G‘arbga javob qaytarishga tayyor
Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov Yevropa davlatlarida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan olingan daromadlardan foydalanish borasida G‘arbga bir xil javob qaytarilishiga va’da berdi.
«Agar G‘arb davlatlari Rossiya Federatsiyasining muzlatilgan oltin-valyuta zaxiralaridan tushgan daromaddan foydalana boshlasa, biz ham xuddi shunday qilamiz. Biz do‘st bo‘lmagan kompaniyalar va tashkilotlarning pullarini muzlatib qo‘ydik. Shuningdek, biz bu pulni o‘z hisobimizda saqlaymiz va ushbu aktivlardan, ushbu resurslardan foydalanishdan olingan daromadlarni xuddi shunday tarzda ishlatamiz. Ularni iqtisodiyot ehtiyojlariga, Rossiya Federatsiyasi subyektlarining ehtiyojlariga yo‘naltiramiz», — dedi Siluanov «Rossiya-24» telekanaliga bergan izohida.
«Aytishim mumkinki, bunday qarorlar allaqachon amalga oshirilmoqda», — deya qo‘shimcha qildi u. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
"Mevalar qiroli" mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?
Bashar Asad armiyasi nega tezda qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi?
Noyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlari qanday bo‘ldi?
Bolgariya Rossiya gazining Yevropaga tranzitini to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
Osiyo chempionati. Mirazizbek Mirzahalilov qozog‘istonlik raqibini yengib oltin medalni qo‘lga kiritdi
Suriya muvaqqat hukumati rahbari Muhammad al-Bashir haqida nimalar ma’lum?