
Foto: CTV News
OpenAI kompaniyasi rahbari Sem Altman Donald Trampning inauguratsiyasiga 1 million dollar xayriya qildi.
Altman o‘z bayonotida Donald Tramp AQSHni «sun’iy intellekt asriga olib o‘tishi»ni, o‘z navbatida OpenAI rahbari «Amerika doim oldinda bo‘lishi uchun uni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi»ni ta’kidladi.
12 dekabr sanasida The Wall Street Journal jurnali Meta kompaniyasi Donald Trampning inauguratsiyasiga 1 million dollar xayriya qilganini yozdi. Ertasi kuni xuddi shu maqsadda shuncha mablag‘ni Amazon kompaniyasi ham ajratishi ma’lum bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar