Foto: Reuters
Turkiya agar yangi ma’muriyat yordam so‘rasa, Suriyaning yangi hukumatini harbiy va mudofaa sohalarida qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bu haqda Turkiya mudofaa vaziri Yashar Gyuler xabar berdi.
Vazir yangi ma’muriyatning harakatlarini kuzatish va unga harakat qilish imkoniyatini berish muhimligini aytdi.
"Biz yangi rahbariyat bundan keyin nima qilishini ko‘rib chiqish va unga imkoniyat berish kerak, deb hisoblaymiz. Bizda ko‘plab davlatlar bilan harbiy tayyorgarlik va hamkorlik bo‘yicha amaldagi kelishuvlar mavjud. Agar Suriyaning yangi ma’muriyati iltimos qilsa, biz bu borada zarur yordam ko‘rsatishga tayyormiz", dedi Gyuler.
Bundan tashqari, u yangi ma’muriyat o‘zining ilk rasmiy bayonotida barcha hukumat muassasalarini, shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarni hurmat qilishini ta’kidlaganini eslatdi. Ular, shuningdek, kimyoviy qurol aniqlangan taqdirda, bu haqda Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotiga zudlik bilan xabar berishga tayyor ekanliklarini bildirgan.
Turkiya Isroildan Suriyaga uchiriladigan samolyotlarni urib tushirmoqchi
Turkiya kurdlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Isroil Suriyaga zarba bergan taqdirda Isroil samolyotlarini urib tushirishga tayyorligini aytdi. Anqara allaqachon Tel Avivni bunday aralashuvga toqat qila olmasligidan ogohlantirgan.
Agar Isroil shunday harakatlarni amalga oshirishga qaror qilsa, bizning havo hujumidan mudofaa tizimlarimiz va qiruvchi samolyotlarimiz ularni yo‘q qilishga tayyor. Tegishli buyruqlar allaqachon Turkiya Qurolli kuchlarining bosh shtabiga yetkazilgan, deydi manbalar. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)
Olimlar kam uxlaydigan odam 2050 yilda qanday ko‘rinishini tasvirladi
O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish uchun 5 yilga litsenziya beriladi
Tramp: Ukrainadagi sulhni yevropaliklar nazorat qilib boradi
Rossiya TIV: Yevropa Ittifoqi sanksiyalardan 1,5 trillion yevrodan ko‘proq zarar ko‘rgan