10:26 / 16.12.2024
49

Eronda yelka va qo‘llari ochiq, bosh kiyimsiz qo‘shiq aytgan xonanda hibsga olindi

Eronda yelka va qo‘llari ochiq, bosh kiyimsiz qo‘shiq aytgan xonanda hibsga olindi
Foto: Euronews
Eronda hijobsiz jonli efirda qo‘shiq aytgan mashhur xonanda Parastu Ahmadiy qamoqqa olindi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Ahmadiyning YouTube'dagi kanalida efirga uzatilgan chiqishi 1,6 million marta ko‘rilgan. 27 yoshli xonanda eronlik axloq posbonlar o‘lchoviga ko‘ra, beo‘xshov kiyingan, yelka va qo‘llari ochiq, bosh kiyimsiz, to‘rt nafar erkak musiqachi hamrohligida kamera oldida paydo bo‘lgan.

Ahmadiyning manfaatlarini himoya qiluvchi advokatga ko‘ra, xonanda 14 dekabr kuni Eron shimolidagi Mozandaron viloyati Sari shahrida qo‘lga olingan. U to‘g‘ridan to‘g‘ri efirdagi chiqishidan ikki kun o‘tib ushlangan. Jinoyat ishi 13 dekabr kuni qo‘zg‘atilib, xonandaning uyida tintuv o‘tkazilgan.

"Afsuski, biz Ahmadiy xonimga qanday ayblovlar qo‘yilganini bilmaymiz. Shuningdek, uni kim ushlagani va qamoqqa olinganidan keyin qayerdaligi ham noma’lum. Yuridik kanallar orqali surishtiramiz", degan advokat.

Eron muxolifati bilan aloqador Iran International sayti 15 dekabr kuni ertalab Parastu Ahmadiy qamoqdan ozod etilgani haqida xabar berdi, biroq rasmiy Tehron bu ma’lumotni tasdiqlamadi. YouTube'da efirga chiqishdan oldin Ahmadiy ijtimoiy tarmoqlarda shunday yozdi:

"Ismim Parastu, sevgan kishilarim uchun qo‘shiq aytmoqchiman. Doimo esda tutishim kerak bo‘lgan huquqim bor — aziz vatanim uchun kuylash", degan u.

Ta’kidlanishicha, Tehronda xonanda guruhidan bo‘lgan ikki nafar musiqachi ham hibsga olingan.

Eronda hijobga qarshi noroziliklar

Hozirda Eronda ayollar jamoat joylarida hijobsiz chiqish huquqiga ega emas. Shu tufayli mamlakat bo‘ylab muntazam ravishda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tadi. 2022 yili 22 yoshli Mahsa Aminiy hijobni noto‘g‘ri o‘ragani uchun axloq politsiyasi tomonidan hibsga olinganidan keyin vafot etgandi. Bu Eron bo‘ylab noroziliklarga sabab bo‘lgan.

O‘shandan beri Tehron yashirin kuzatuvni kuchaytirish, axloqiy politsiyaning kuchli ishtiroki va hijobsiz ayollarning jamoat joylariga kirishini taqiqlash kabi choralar bilan ayollarni bostirishda davom etdi. BMT buni “gender aparteid” deb atadi.

2022 yilgi norozilik namoyishlaridan so‘ng, hijobsiz o‘z suratlarini joylashtirgan mashhur shaxslarga sud qarori bilan har hafta psixiatriya markazlariga tashrif buyurish uchun mandat berildi. Afsaneh Bayegan, Azadeh Samadiy, Leyla Bolukat kabi aktrisalar ruhiy salomatlik sertifikatlarini taqdim etishga majbur bo‘ldi. Boshqa jazolarga banklarni muzlatish va sayohatlarni taqiqlash kiradi.

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon majburiy hijobni qo‘llab-quvvatlamaydi, ammo bu masalada — Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy kabi vakolatlarga ega emas.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronda yelka va qo‘llari ochiq, bosh kiyimsiz qo‘shiq aytgan xonanda hibsga olindi