09:46 / 18.12.2024
126

Tramp o‘z inauguratsiyasiga yana ikki davlat prezidentini taklif qildi

Tramp o‘z inauguratsiyasiga yana ikki davlat prezidentini taklif qildi
Foto: Getty Images
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp o‘zining inauguratsiya marosimiga Argentina prezidenti Xaver Miley va Salvador prezidenti Nayib Bukeleni taklif qildi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Miley allaqachon Vashingtonga borish niyatini bildirgan. Bu AQSH siyosiy an’analariga zid, chunki xorijiy davlatlar rahbarlari AQSHda hokimiyat o‘tkazish paytida qatnashmaydi.

Mileyning matbuot kotibi Manuel Adorni aytishicha, Tramp Argentina yetakchisini taklif qilgan va bunday taklif Janubiy Amerika mamlakatidan prezidentga ilk bor yuborilgan.

Salvadorning AQSHdagi elchisi ham taklifnoma o‘z mamlakati prezidenti Nayib Bukelega yuborilganini tasdiqladi, biroq u xavfsizlik tufayli taklifni qabul qilish-qilmasligini haligacha noma’lum.

Shu paytgacha birorta ham davlat rahbari inauguratsiya marosimi uchun AQSHga rasmiy tashrif bilan kelmagan. Ilgari Tramp Xitoy raisi Si Szinpinni yanvar oyidagi inauguratsiya marosimiga taklif etgandi, ammo u ehtimol kelmasligi ta’kidlangan. Shu bilan birga, Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni inauguratsiyaga taklif qilmaganini aytgan.

Trampning saylovdagi g‘alabasi

AQSHdagi 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda Tramp 312 ta, Harris esa 226 ta ovoz oldi. G‘alaba qozonish uchun esa 270 ta ovoz olish lozim edi. Tramp rasman 2025 yil 20 yanvarda davlat rahbari lavozimiga kirishadi. U prezidentlik davrida urushni 24 soat ichida tugatishni va’da bergandi, shuningdek, Ukrainaga harbiy yordam ajratilishini tanqid qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp o‘z inauguratsiyasiga yana ikki davlat prezidentini taklif qildi