08:14 / 19.12.2024
71

Tadqiqot: Angliyadagi 6 milliondan ziyod obyekt suv ostida qolishi mumkin

Tadqiqot: Angliyadagi 6 milliondan ziyod obyekt suv ostida qolishi mumkin
Foto: Reuters
2050 yilga borib Angliyadagi 6 milliondan ziyod ko‘chmas mulk obyektlari suv ostida qolishi mumkin. Bu haqda Atrof-muhit muhofazasi agentligining hisobotiga tayanib, The Guardian xabar berdi.

«Angliyadagi 6,3 millionga yaqin ko‘chmas mulk obyektlari (uylar va korxonalar) bir yoki bir nechta manbalar — daryolar, dengizlar va yer usti suvlari toshqinlari sabab suv ostida qolishi mumkin», — deyiladi hujjatda.

Tadqiqotga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi tufayli 2050 yilga borib suv toshqini xavfi ostida bo‘lgan uylar va boshqa ko‘chmas mulklarning umumiy soni 8 millionga yetadi.

«Boshqacha aytganda, asr o‘rtalarida Angliyadagi har to‘rtta obyektdan bittasi suv toshqini xavfi mavjud hududda joylashgan bo‘ladi», — deya ta’kidlanadi hisobotda.

Olimlarning ogohlantirishicha, jiddiy suv toshqinlari mamlakat uchun og‘ir iqtisodiy oqibatlarni yuzaga keltirishi mumkin. 2016 yildan 2019 yilgacha Angliya va Uelsdagi suv toshqinlari oqibatida ko‘rilgan zarar turli baholashlarga ko‘ra, 504 milliondan 924 million funt sterlinggacha bo‘lgan.

Britaniyada muntazam yomg‘irlar sabab har yili kuchli suv toshqinlari ro‘y beradi. Joriy yilning sentyabr oyida sodir bo‘lgan suv toshqini oqibatida Angliyaning turli hududlaridagi 630 ga yaqin bino suv ostida qolgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tadqiqot: Angliyadagi 6 milliondan ziyod obyekt suv ostida qolishi mumkin