13:16 / 19.12.2024
16

Rostovdagi Novoshaxtinskiy neftni qayta ishlash zavodi kuchli hujumga uchradi

Rostovdagi Novoshaxtinskiy neftni qayta ishlash zavodi kuchli hujumga uchradi
Foto: Getty Images
19 dekabr, payshanbaga o‘tar kechasi Rostov oblastiga «30 dan ortiq UUA va 3 ta raketa» hujum qildi, deb yozdi mintaqa gubernatori vazifasini bajaruvchi Yuriy Slyusar Telegram'da. «Havo hujumidan mudofaa kuchlari Taganrog, Bataysk, Rostov, Shaxti, Kamensk, Millerovo va Novoshaxtinskni himoya qilish uchun joylashtirildi», — deyiladi xabarda. Slyusar Novoshaxtinskiy neft mahsulotlari zavodida «yong‘in sodir bo‘lganini» aniqlashtirdi.

«Afsuski, Rostov yaqinidagi aholi punktida bir kishi jarohat oldi, boshqa oqibatlar haqida ma’lumotlarga oydinlik kiritiladi», deb yozgan gubernator vazifasini bajaruvchi.

Kanallar yong‘in videolarini e’lon qilyapti

O‘z navbatida, Astra Novoshaxtinskdagi neft zavodiga hujum qilingani aks etgan videoni taqdim etdi. Baza Telegram-kanali ham mahalliy aholidan olingan neftni qayta ishlash zavodidagi yong‘in aks etgan bir nechta videolarni e’lon qildi. Rossiya ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, Rostov-Don shimolida havo hujumi sirenasi yangradi, shaharning o‘zida ham portlashlar bo‘lgan.

«Rostov oblastidagi Novoshaxatniy neftni qayta ishlash zavodi. Bizning dronlarimiz hujumida 40 dan ortiq portlashlar. Natijada - AVT-6 atmosfera-vakuumli neftni qayta ishlash qurilmasi zarar ko‘rdi. Bu NQZni yarim yil ichida ikkinchi marta yirik nishonga olish. Birinchisi 2024 yil 6 iyun kuni sodir bo‘lgan», — deyiladi Ukrainaning «Andryushenko Time» Telegram-kanalida.

Xabar e’lon qilingan paytda Rossiya Mudofaa vazirligi va Ukraina rasmiylaridan rasmiy izoh taqdim etilmadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rostovdagi Novoshaxtinskiy neftni qayta ishlash zavodi kuchli hujumga uchradi