
Ruandaning so‘nggi qiroli Kigeli V AQShda 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda AFP ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Asli ismi Jan-Batist Ndaxindurva bo‘lgan Kigeli 1959-yilda Ruanda taxtiga kelgan edi. 1960-yilda u taxtdan ag‘darilgan, bir yildan so‘ng esa mamlakatda monarxiya butunlay tugatilgan edi.
Kigeli 20 yilga yaqin Afrikaning bir qator mamlakatlarida yashadi, 1992-yilda esa AQShga ko‘chib ketdi. Dastlab u Vashingtonning chekka shahriga joylashdi, biroq 2013-yilda OAVlarga sobiq qirol Virginiya shtatida yashayotganligi haqida ma’lum bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar