
Vladimir Putin yil yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotda Yaqin Sharqdagi vaziyat haqida gapirdi. U turk jurnalistining «Suriyani Isroil tomonidan bosib olinishi» haqida savoliga izoh berdi.
Putinning aytishicha, uning Yaqin Sharq bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarmaydi: muammoni uning fikricha, faqat Falastin davlatini yaratish orqali hal qilish mumkin.
«Suriyadagi vaziyatdan esa asosiy manfaatdor - Isroil», - dedi Putin.
Rossiya Suriya hududlarining bosib olinishini qoralaydi, deya qo‘shimcha qildi u, biroq Isroil o‘z mamlakati xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarni xuddi Turkiya kabi hal qiladi.
Shu bilan birga, Putin Suriyaning ehtimoliy parchalanishi haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriyaning parchalanishi masalasi BMT Nizomi va xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga muvofiq mahalliy aholi ishtirokida hal qilinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar