08:03 / 21.12.2024
40

Putin targ‘ibotchi Simonyanni oltinchi orden bilan mukofotladi

Putin targ‘ibotchi Simonyanni oltinchi orden bilan mukofotladi
Foto: Kreml matbuot xizmati
Vladimir Putin Russia Today xalqaro mediaguruhi va RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyanni III darajali «Vatan oldidagi xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlashga oid qarorni imzoladi.

Hujjat matnida keltirilishicha, mukogot targ‘ibotchiga «mahalliy jurnalistika rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazishdagi faol ishtiroki uchun» berilgan.

III darajali «Vatan oldidagi xizmatlari uchun» ordeni Simonyan qo‘lga kiritgan oltinchi davlat mukofotiga aylandi. Bundan oldin u «Do‘stlik» ordeni bilan (ikki marotaba), IV darajali «Vatan oldidagi xizmatlari uchun» ordeni, «Aleksandr Nevskiy» va «Shon-sharaf» ordenlari bilan ham mukofotlangan.

2025 yilda Rossiya hukumati davlat propagandasiga 137,2 milliard rubl yo‘naltirishni rejalashtirilgan. «Ommaviy axborot vositalari» moddasi bo‘yicha xarajatlar joriy yilga nisbatan 13 foizga yoki 15,9 milliard rublga oshgan. Ta’kidlanishicha, ushbu budjet Rossiyadagi bir qator oblastlarning yillik xarajatidan oshadi.

Sentyabr oyida AQSH Moliya vazirligi «Moskvaning prezidentlik saylovlariga ta’sir o‘tkazishga urinishi» sabab RT telekanaliga qarshi sanksiyalar joriy etgandi. Cheklovlar Russia Today mediaguruhi va uning beshta shu’basi — «RIA Novosti», RT, «TV-Novosti» Ruptly va «Sputnik»ka qarshi qo‘llangan. Shuningdek, RT bosh muharriri Margarita Simonyan hamda sakkiz nafar top menejerga qarshi ham cheklovlar joriy etilgan.

Aprel oyida esa Ukraina rossiyalik targ‘ibotchi Margarita Simonyanni sirtdan genotsidda ayblagandi. Qayd etilishicha, u «Ukraina fuqarolik infratuzilmasiga raketa va bombali hujumlarni davom ettirish uchun bir necha bor kampaniya olib borgan».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin targ‘ibotchi Simonyanni oltinchi orden bilan mukofotladi