21:03 / 21.12.2024
20

Shveysariya yadro energiyasidan voz kechish qarorini bekor qilmoqchi

Shveysariya yadro energiyasidan voz kechish qarorini bekor qilmoqchi
Shveysariyaning “Lyabshtadt” AESi
Foto: Keystone

Shveysariya hukumati 2017 yilda qabul qilingan atom energiyasidan voz kechish to‘g‘risidagi qarorni qayta ko‘rib chiqishni taklif etdi. Bu qaror 2011 yilda Yaponiyadagi “Fukusima” atom elektr stansiyasida sodir bo‘lgan yirik falokatga aloqador edi.

2017 yildagi referendumda shveysariyaliklar yangi atom elektr stansiyalari qurilishini taqiqlashni qo‘llab-quvvatladilar, ammo mavjud stansiyalarning xavfsiz deb topilguncha ishlashiga ruxsat berildi.

Hukumat elektr energiyasining barcha ekologik jihatdan xavfsiz turlarini ishlab chiqarishga ruxsat berish uchun yangi referendum o‘tkazishi kutilmoqda. Bunga atom energiyasi ham kiradi, chunki u uglerod-neytral hisoblanadi.

Shveysariya Federal kengashining aniqlik kiritishicha, 2017 yildan buyon vaziyat sezilarli darajada o‘zgargan: xususan, Rossiya-Ukraina urushi tufayli Yevropada gaz ta’minotida uzilishlar yuz bergan.

Shunday bo‘lsa-da, Shveysariya uchun qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. Mamlakatdagi to‘rtta mavjud atom stansiyasi, jumladan, dunyodagi eng qadimiylaridan biri bo‘lgan Beznau AESi mamlakat energiya iste’molining bir qismini ta’minlashni davom ettirmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shveysariya yadro energiyasidan voz kechish qarorini bekor qilmoqchi