Foto: AP Photo
Germaniyaning Magdeburg shahrida mashinasida odamlarni bosib ketgan erkak o‘z harakatiga izoh berdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Gumonlanuvchi Saudiya Arabistoni fuqarosi hisoblanadi. Uning boshqaruvidagi mashina 20 dekabr kuni kechqurun Magdeburgda olomon ustiga haydagan. Hodisa qoibatida besh kishi halok bo‘lgan, 200 dan ortiq odam jarohat olgan.
Teraktni sodir etgan erkak bunga “Germaniyada Saudiya Arabistonidan kelgan qochqinlarga nisbatan salbiy munosabat” sabab bo‘lganini aytgan. Uning o‘zi ham 2016 yilda qochoq maqomini olgan va Germaniyada yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan.
Der Spiegel xabar berishicha, Saudiya Arabistoni Germaniyani ushbu qochqin keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan xavf haqida uch marta ogohlantirgan. Magdeburgdagi Rojdestvo yarmarkasiga qilingan hujumdan so‘ng, Germaniyaning bir nechta federal yerlarida politsiya o‘z nazoratini kuchaytirmoqda.
Germaniya kansleri Olaf Shols terakt oqibatida qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
“Mening barcha o‘y-fikrlarim qurbonlar va ularning oilalari bilan. Biz sizni va Magdeburg aholisini qo‘llab-quvvatlaymiz. Men ushbu mashaqqatli soatlarda fidoiy qutqaruvchilarga minnatdorchilik bildiraman”, degan Shols.
Hozirda voqea yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinioyatchi bir o‘zi harakat qilganmi yozi sheriklari bo‘lganmi, aniqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada Rojdestvo yarmarkasida terakt sodir etildi
General Kirillovning qotillik ishi ochilishida O‘zbekiston tomoni ham ishtirok etadi
Mask Ukrainaga yordam berishni AQSHning eng yomon qarorlaridan biri deb atadi
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
Jakartada "Imom Buxoriy: O‘zbekiston islom san’ati" ko‘rgazmasi ochildi
Putin Suriyadagi vaziyatdan foyda ko‘rgan davlat nomini aytdi
Turkiy davlatlar feyk va dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashadi
Ilon Mask: “Yevropa davlatlari yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida”