Foto: CNN
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Panamadan Amerika harbiy va savdo kemalarining Panama kanali orqali o‘tishi uchun tranzit to‘lovlarini pasaytirishni talab qildi. Aks holda siyosatchi Panama kanalini AQSHga qaytarish bilan tahdid qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
AQSH 1914 yilda uzunligi 82 kilometr bo‘lgan kanal qurilishini yakunladi, ammo 1999 yilda sobiq prezident Jimmi Karter tomonidan imzolangan shartnomaga ko‘ra uni Panamaga qaytarib berdi. Bu qadamni Tramp “ahmoqona” deb atamoqda.
"Mamlakatimizni butunlay talon-toroj qilish zudlik bilan to‘xtatilishi shart", dedi u.
Trampning ta’kidlashicha, Panama kanali AQSH uchun “hayotiy ahamiyatga ega” bo‘lib, u mamlakat iqtisodiyoti va milliy xavfsizligida hal qiluvchi rol o‘ynamoqda. Siyosatchi Xitoyning ham Panama kanalidan foydalanayotganidan norozi ekanini bildirdi. U bu kanalni topshirish bo‘yicha bitim shartlariga zid kelishini ta’kidladi.
"U kimningdir manfaati uchun emas, balki biz va Panama bilan hamkorlik belgisi sifatida topshirilgan. Agar ushbu xayr-ehsonning ham axloqiy, ham huquqiy tamoyillariga rioya qilinmasa, biz Panama kanalini savol-javobsiz to‘liq qaytarilishini talab qilamiz.
Prezident Jimmi Karter rahbarligi davrida bu kanalni bir dollar evaziga berib yuborganida, uni faqat Panamaning o‘zi boshqarishi kerak edi, Xitoy yoki boshqa davlat emas", deya Trampning so‘zlarini keltirmoqda Bloomberg.
AQSH kanalning eng yirik foydalanuvchisi bo‘lib, har yili tranzit yuklarining qariyb to‘rtdan bir qismi uchun javob beradi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, tranzit oqimining 70 foizdan ortig‘i AQSH portlariga yoki ulardan yo‘naltiriladi.
Uzoq davom etgan qurg‘oqchilik ta’minot zanjiriga ta’sir ko‘rsatdi, bu esa inflyatsiyaning o‘sishiga olib keldi. Kanaldan foydalanishdan Panamaning daromadi ketma-ket ikkinchi yil pasayib, 2024-moliya yilida 2,47 milliard dollarni tashkil etdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada Rojdestvo yarmarkasida terakt sodir etildi
General Kirillovning qotillik ishi ochilishida O‘zbekiston tomoni ham ishtirok etadi
Mask Ukrainaga yordam berishni AQSHning eng yomon qarorlaridan biri deb atadi
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
Jakartada "Imom Buxoriy: O‘zbekiston islom san’ati" ko‘rgazmasi ochildi
Putin Suriyadagi vaziyatdan foyda ko‘rgan davlat nomini aytdi
Turkiy davlatlar feyk va dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashadi
Ilon Mask: “Yevropa davlatlari yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida”