18
Rossiyada jamadon ichidan 31 yoshli o‘zbekistonlik ayolning jasadi topilgani bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida jamadon ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi. Ya’ni joriy yil 21 dekabr kuni shaharning Olga Berggols ko‘chasidagi turar-joy binosi yerto‘lasidan ichida ayol kishining jasadi bo‘lgan jamadon topilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu manzilda marhuma yana bir 24 yoshli o‘zbekistonlik erkak bilan yashab kelgan. 2024 yil 10 dekabr kuni erkak O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng ayolning qarindoshlari ayolni qidirishni boshlagan va RF huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan.
Qayd etilishicha, qotillik 9 dekabr kuni soat 19:00 larda sodir bo‘lgan. O‘zaro yuz bergan janjalda erkak ayolni yostiq bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan. Shundan keyin qotil jasadni safar sumkasiga joylashtirib, uyning yerto‘lasiga olib tushgan va ko‘mib qo‘ygan.
Hozirda holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada Rojdestvo yarmarkasida terakt sodir etildi
Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga ultimatum qo‘ydi
Rossiyalik harbiylar Kiyevga ballistik raketa bilan hujum qildi
Mask Ukrainaga yordam berishni AQSHning eng yomon qarorlaridan biri deb atadi
Ilon Mask: “Yevropa davlatlari yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida”
O‘zbekistonda davolanish uchun eng ko‘p qaysi davlatlardan kelishmoqda?
Tesla kompaniyasi nosozlik tufayli 700 mingga yaqin avtomobilini chaqirib oladi
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi