Foto: Report.az
Saudiya Arabistoni “Tolibon” 2021 yilda Afg‘onistonda nazorat o‘rnatganidan uch yil o‘tib Kobuldagi elchixonasini qayta ochdi. Bu haqda elchixonaning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berilgan.
“Qardosh Afg‘oniston xalqiga barcha turdagi xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida mamlakatning Kobuldagi vakolatxonasi faoliyatini qayta tiklashga qaror qildik”, deyiladi xabarda.
Saudiya Arabistoni 2021 yil avgust oyida, “Tolibon” Afg‘oniston poytaxtining barcha hududlarida nazorat o‘rnatganini e’lon qilgandan so‘ng darhol diplomatik vakolatxonasining barcha xodimlarini evakuatsiya qilgandi.
Oradan uch oy o‘tgach, Ar-Riyod Kobuldagi elchixonaning konsullik bo‘limi ishini qaytadan boshlashga qaror qildi. Ammo 2023 yil fevral oyida Saudiya Arabistoni diplomatlarining barchasi xavfsizlik nuqtayi nazaridan Afg‘onistonni yana tark etib, qirollikka qaytishgandi.
Avvalroq Afg‘onistonning ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sirojiddin Haqqoniy mamlakat shariat qonunlariga va islomiy tamoyillarga zid bo‘lmagan davlatlar bilan munosabatlar o‘rnatishni xohlashini aytgandi.
Haqqoniy Afg‘oniston hukumati dunyo bilan hamkorlikka emas, balki mustamlakachilikka qarshi ekanini ta’kidladi.
“Agar biz munosabatlar va hamkorlikni istasak, bu tamoyillarga asoslangan bo‘lishi kerak. Dunyo o‘zaro hamkorlik qilayotganidek, biz ham ushbu muloqotning bir qismi bo‘lishni xohlaymiz, chunki manfaatlarimiz va ehtiyojlarimiz savdo hamda boshqa masalalarga bog‘liq”, dedi Haqqoniy. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Alisher Usmonov urush boshlanganidan buyon qanday qilib 13,4 mlrd dollarga boyidi?
Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga ultimatum qo‘ydi
Mask Ukrainaga yordam berishni AQSHning eng yomon qarorlaridan biri deb atadi
Ilon Mask: “Yevropa davlatlari yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida”
Ekspert: Rossiyaga qarshi sanksiyalardan O‘zbekiston va Qirg‘iziston ko‘proq foyda ko‘rdi
Panama prezidenti Trampning tahdidlariga qanday javob qaytardi?
Germaniyada Rojdestvo yarmarkasida terakt sodir etildi
Rossiya Qozog‘istonda 7 mln dollarlik firibgarlik ishida ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi