Foto: AP
AQSH saylangan prezidenti Donald Tramp lavozimga kirishgan kunidayoq «transgender ahmoqlikni to‘xtatishga» va’da berdi, chunki respublikachilar Kongressning ikkala palatasini va Oq uyni nazorat qiladi, deb xabar berdi «Amerika Ovozi».
«Men bolalarning jinsiy mayib qilinishiga chek qo‘yish, harbiylar hamda boshlang‘ich, o‘rta maktablarda transgender siyosatiga barham berish to‘g‘risidagi buyruqni imzolayman», dedi Tramp Arizona shtatining Feniks shahrida yosh konservatorlar uchun o‘tkazilgan tadbirda.
U, shuningdek, «erkaklarni ayollar sportiga yaqinlashtirmaslikka» va’da berdi va «AQSH hukumati faqat ikki jins — erkak va ayolni rasman tan olishini» qo‘shimcha qildi.
AP VoteCast so‘roviga ko‘ra, 120 mingdan ortiq amerikaliklar transgenderlarning huquqlarini hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va ularni jamoatchilik tomonidan qabul qilinishini «haddan tashqari oshib ketgan» deb hisoblaydi. Ularning aksariyati Donald Tramp tarafdorlari.
Trampning birinchi prezidentlik muddati davomida Oq uy «jins» ta’rifini «biologik jins» deb talqin qilgan bo‘lsa, Jo Bayden ma’muriyati buni «gender identifikatori» deb talqin qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Alisher Usmonov urush boshlanganidan buyon qanday qilib 13,4 mlrd dollarga boyidi?
Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga ultimatum qo‘ydi
Mask Ukrainaga yordam berishni AQSHning eng yomon qarorlaridan biri deb atadi
Ilon Mask: “Yevropa davlatlari yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida”
Ekspert: Rossiyaga qarshi sanksiyalardan O‘zbekiston va Qirg‘iziston ko‘proq foyda ko‘rdi
Panama prezidenti Trampning tahdidlariga qanday javob qaytardi?
Germaniyada Rojdestvo yarmarkasida terakt sodir etildi
KXDR Rossiya—Ukraina urushida mingdan ortiq harbiysidan ayrilgani ma’lum qilindi