15:35 / 24.12.2024
31

Rossiya bosh prokuraturasi «ko‘pxotinlilik» mavzusiga doir tushuntirish berdi

Rossiya bosh prokuraturasi «ko‘pxotinlilik» mavzusiga doir tushuntirish berdi
Bir muddat oldin Rossiya Musulmonlar diniy boshqarmasi mamlakatdagi musulmon erkaklarga xotinlari orasida adolatli bo‘lish sharti bilan ko‘pxotinlilikka fatvo bergan edi. RF Bosh prokuraturasi ko‘pxotinlilik Rossiya qonunchiligiga zid ekanligini aytmoqda.

Idora rasmiysining TASS agentligiga bildirishicha, RF Oila kodeksining 1-moddasiga ko‘ra, mamlakatda faqat FHDYO organlarida tuzilgan nikoh tan olinadi. Fuqarolarning nikoh va oilaviy munosabatlardagi huquqlarini, shu jumladan diniy mansublikka qarab cheklashning har qanday shakli taqiqlanadi.

Bundan tashqari, ushbu kodeksning 14-moddasida kishi ro‘yxatga olingan nikohda bo‘lsa, u bilan boshqa nikohga yo‘l qo‘yilmaydi.

Rossiya «Vijdon erkinligi va diniy birlashmalar to‘g‘risida»gi Federal qonunining 15-moddasida esa diniy tashkilotlar, agar ular Rossiya Federatsiyasi qonunlariga zid bo‘lmasa va o‘z ustavlarida nazarda tutilgan huquq layoqatiga ega bo‘lsa, o‘zlarining ichki qoidalariga muvofiq harakat qiladilar. Davlat, agar ushbu qoidalar Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga zid bo‘lmasa, diniy tashkilotlarning ichki qoidalarini hurmat qiladi.

«Shunday qilib, Rossiya Musulmonlari diniy boshqarmasi Ulamolar kengashining 2024 yil 17 dekabrdagi 4/24-sonli «Rossiya musulmonlari jamiyatida ko‘pxotinlilik muammolari» nomli teologik xulosasi amaldagi qonunchilikka ziddir», – deydi TASS suhbatdoshi.

Agentlikning ta’kidlashicha, RF Bosh prokuraturasi ko‘pxotinlilikka ruxsat beruvchi fatvo munosabati bilan Musulmonlar diniy boshqarmasiga tegishli tartibda ariza jo‘natgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya bosh prokuraturasi «ko‘pxotinlilik» mavzusiga doir tushuntirish berdi