Foto: Reuters
Daniya mudofaa vaziri Troels Lund Poulsen Grenlandiya orolida joylashgan qo‘shinlar kontingenti kuchaytirilganini ma’lum qildi. U bu so‘zlarni 24 dekabr, seshanba kuni chop etilgan Daniyaning Jyllands Posten gazetasiga bergan intervyusida aytdi.
Vazirning bayonotiga ko‘ra, dunyodagi eng katta orol mudofaasiga qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi. Ma’lum qilinishicha, Kopengagen bu mablag‘larga ikkita patrul kateri, ikkita uzoq masofali dron va ikkita chana itlar guruhini sotib oladi, shuningdek, Grenlandiyadagi qo‘shinlar sonini oshiradi.
“Ko‘p yillar davomida Arktikaga yetarlicha sarmoya kiritilmadik, ammo hozir faolroq bo‘lishni rejalashtirmoqdamiz”, dedi Troels Lund Poulsen.
Shu bilan birga, vazirning ta’kidlashicha, Daniya bir o‘zi Grenlandiyaning ulkan hududini nazorat qila olmaydi. “Aniq rejalar yo‘q, ammo biz Qo‘shma Shtatlar bilan ishlaymiz”, dedi u.
Avvalroq AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Vashington Grenlandiyani nazorat qilishi kerakligini aytgan edi.
Foto: “Report.az”
Bunga javoban Grenlandiya parlamentining “Xalq hamjamiyati” partiyasi a’zosi Aaya Shemnis Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi.
“Grenlandiya oroli sotilmaydi. Menimcha, butun G‘arb dunyosining tashqi va xavfsizlik siyosatini belgilab beruvchi AQSHning bo‘lajak prezidentining “egalik” va “nazorat” so‘zlari ular Grenlandiyani sotib olmoqchi ekanligining aniq belgisidir. Shuningdek, bu qaror Daniyaga bog‘liqligini aytish daniyalik siyosatchilarga nisbatan hurmatsizlik”, degan Aaya Shemnis. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tadqiqot: atigi ming qadam yurish depressiya xavfini kamaytirishi mumkin
Vengriya bosh vaziri: “Ukrainadagi urush 2 xil yo‘l bilan tugaydi”
Rossiya razvedkachilari askarlarni qanday asirga olishdi?
Putin uchinchi jahon urushi haqidagi savolga qanday javob berdi?
O‘zbekistonda birinchi marta suyak infarkti jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi
Erdo‘g‘on: “Suriyadagi kurd jangarilari yo qurollarini topshiradi, yo dafn qilinadi”
Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashadi