10:30 / 26.12.2024
36

Qozog‘istonda qulagan samolyotning "qora quti"si topildi (video)

Qozog‘istonda qulagan samolyotning "qora quti"si topildi (video)
Foto: Reuters
Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Qozog‘istonda halokatga uchragan samolyotining qora qutisi Aqtauda topildi. U jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yiladi. Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari aviahalokat sabablarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va barcha zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda. Samolyotning qora qutisi topildi, tergovchilarga topshirildi va u ishga qo‘shiladi”, dedi Qozog‘iston transport prokuraturasi vakili.

Transport vaziri Marat Qaraboyevning aytishicha, aviahalokatda jami 38 kishi halok bo‘lgan. Samolyot ekipajining besh a’zosidan uch nafari omon qolgan, ikki nafari vafot etgan.

Yo‘lovchilar haqida: Ozarbayjondan bortda 37 kishi bo‘lgan, ulardan 23 nafari halok bo‘lgan, 14 nafari omon qolgan. Qirg‘izistondan uch kishi bo‘lib, uchovi ham tirik qolgan. Rossiyadan 16 yo‘lovchi bo‘lgan, yettitasi halok bo‘lgan, to‘qqiz nafari omon qolgan. Qozog‘istondan olti yo‘lovchi bo‘lib, afsuski, vatandoshlarimizning barchasi halok bo‘lgan”, dedi vazir.

Bosh vazir o‘rinbosari Qanat Bozumbayev halokatning hatto dastlabki sabablarini ham keltirmadi. U samolyotdagi teshiklarning fotosuratlarini ko‘rgani va ular o‘q tekkan izlarga o‘xshashini aytdi.

Tergov-tezkor guruhi allaqachon tashkil etilgan. Men bilan birga sud-tibbiyot ekspertlari va aviatsiya administratsiyamizning mutaxassislari keldi. Transportdagi havo hodisalarini ular tekshiradi. Jinoiy ish doirasida ular ma’lumotlarni to‘playdi, ekspertizalar o‘tkazadi va qulash sababini aniqlab beradi. Asossiz biror narsa ayta olmayman. Odamlar tarqatayotgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqdim... Samolyot yerga qulab, ag‘darilib ketguncha ko‘p narsalar sodir bo‘lishi mumkin. Shuning uchun hozircha xulosa chiqarishdan o‘zimni tiyaman”, dedi vazir o‘rinbosari.

Qozog‘istondagi aviahalokat

Bokudan Grozniyga J28243 reysini amalga oshirayotgan Embraer 190 samolyoti 25 dekabr kuni ertalab Qozog‘istonning Aqtau shahrida halokatga uchradi. Dispetcherlar Grozniy va Maxachqal’ada qo‘nishni rad etganidan keyin layner majburiy qo‘nishni amalga oshirishga urindi. Aqtau aeroportiga bir necha kilometr qolganda u qulab tushdi, portlab, yonib ketdi. Burun qismi to‘liq yonib ketgan, dum qismida esa omon qolganlar bor.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 29 nafar tirik qolgan yo‘lovchi aynan shu qismda bo‘lgan. Ular kasalxonaga olib kelingan. Ozarbayjon prokuraturasi halokat paytida 32 kishi omon qolganini ma’lum qildi, ammo bu yakuniy ma’lumot emas.

Azerbaijan Airlines, Aviakompaniya, Qozog‘iston, Halokatga uchragan, Samolyot, Qora qutisi, Aqtau, Topildi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda qulagan samolyotning "qora quti"si topildi (video)