
AQSH Immigratsiya va bojxona xizmati 2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida 572 nafar O‘zbekiston fuqarosini mamlakatdan chiqarib yubordi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu 2023 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 6,5 barobarga ko‘p hisoblanadi.

Qayd etilishicha, jami 271,5 mingga yaqin chet el fuqarosi AQSHdan deportatsiya qilingan bo‘lib, bunda o‘zbekistonliklar soni bo‘yicha Rossiya, Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa qator davlatlardan (Rossiya − 464, Afg‘oniston − 132, Tojikiston − 77, Qirg‘iziston − 69, Ukraina − 53, Armaniston − 27, Qozog‘iston − 23, Ozarbayjon − 13, Turkmaniston − 5) ko‘proqni tashkil qilgan.
Avvalroq Donald Tramp 11 mln migrantni mamlakatdan deportatsiya qilishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar