Foto: UzAuto Motors.
«UzAuto Motors» va «UzAuto Motors Powertrain» kompaniyalari bosh direktori Bo Andersson lavozimidan ozod etildi.
Bugun, 27 dekabr kuni ushbu lavozimda 3 yil muddat foliyat olib borgan Bo Anderssonni kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda shvetsiyalik mutaxassisning Oʻzbekiston avtomobil sanoati rivojiga qoʻshgan xizmatlari qayd etildi.
"Oʻtgan 3,5 yil davomida qilgan barcha ishlarimiz butun jamoamiz: muhandislar, menejerlar, hunarmandlar va eng muhimi ishchilar mehnatining samarasidir. Ishonchim komilki, har qanday korxonaning asosi insondir. Soʻnggi yillardagi muhim natijalar qatorida kompaniyada barchani muvaffaqiyatlari va natijalariga koʻra ragʻbatlantirish imkonini beruvchi aniq va aniq KPI tizimini joriy etganimizdan xursandman", – degan Bo Andersson.
Anderson Shvetsiya harbiy akademiyasi, Garvard universiteti, Stokgolm universiteti bitiruvchisi boʻlib, u avtomobilsozlik sohasidagi faoliyatini 1987 yildan Shvetsiyaning Saab Automobile AB kompaniyasida boshlagan.
2001-2009 yillarda General Motors’ning global xarid boʻlinmasiga rahbarlik qilgan. 2009 yildan 2013 yilgacha Gruppa GAZ korxonasi, 2014 yildan 2016 yilgacha AvtoVAZ OAJ prezidenti boʻlgan. Oʻzbekistonda esa 2021 yil ish boshlagandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Muhammad Salohning qaysi harakati uchun misrliklarning tanqidlari "yomgʻiri yogʻildi"...?
Yaman husiylari Tel Aviv aeroportiga hujum uyushtirdi
Rim papasi Rossiya va Ukrainani qurollarini tashlashga chaqirdi
Netanyaxuning rafiqasi guvohlarni ta'qib qilishda ayblanmoqda
Vengriya bosh vaziri: “Ukrainadagi urush 2 xil yo‘l bilan tugaydi”
Husiylar hujumi Misrga 7 mlrd dollar zarar keltirdi
Erdo‘g‘on: “Suriyadagi kurd jangarilari yo qurollarini topshiradi, yo dafn qilinadi”
Messining oʻyinidagi qaysi jihat Yamalni hayron qoldirgan?