08:22 / 28.12.2024
4

Vetnamda giyohvand moddalar savdosida ayblangan 27 kishi oʻlimga hukm qilindi

Vetnamda giyohvand moddalar savdosida ayblangan 27 kishi oʻlimga hukm qilindi
Foto: Report.az
Vetnam sudi giyohvand moddalar savdosida ayblangan 27 kishini oʻlimga hukm qildi. Bu haqda Tuoi Tre gazetasi xabar bermoqda.

Sud jinoiy guruh rahbari Vu Xoang Oan va uning 26 sherigiga oʻlim jazosini berdi. Yana olti nafar ayblanuvchi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi, ikki nafari esa 20 yillik qamoq jazosini oʻtashi belgilandi.

Nashrning yozishicha, jinoiy guruh 2018 yil martidan 2022 yil noyabrigacha Kambojadan Vetnamga narkotik moddalarni olib oʻtish bilan shugʻullangan. Bu davrda ular tomonidan 626 kilogrammdan ortiq turli turdagi taqiqlangan moddalar chegaradan oʻtkazilgan.

Ayblanuvchilar har safar davomida 50 kilogrammga yaqin giyohvand moddalarni olib oʻtganini tan olishgan. Jami 129 ta shunday reyslar amalga oshirilgan.

Avvalroq Paragvayda huquq-tartibot idoralari tomonidan oʻtkazilgan “Marangatu” operatsiyasi davomida 57 tonna marixuana musodara qilingani haqida xabar berilgandi.

Foto: X
Joriy yilning 28 noyabr kuni Kolumbiya politsiyasi 225 tonna kokainni musodara qilgandi.

Bundan tashqari, politsiya oltita kemani ham qoʻlga oldi. Bu kemalardan Avstraliyaga giyohvand moddalarni tashish uchun foydalanilgani aytilmoqda.

25 noyabrda esa Salvadorda 50 million dollarlik kokain ortilgan qayiq ushlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vetnamda giyohvand moddalar savdosida ayblangan 27 kishi oʻlimga hukm qilindi