Foto: Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Oqtovda halokatga uchragan Embraer 190 samolyoti yuzasidan bayonot berib, Rossiya aviahalokat ishini yashirishga uringanini aytdi. Prezident halokat yuzasidan Rossiyaga talablar qoʻydi.
Ozarbayjon aviahalokatni tekshirish boʻyicha Rossiyaning davlatlararo qoʻmitasi taklifini rad etdi. Aliyev buning sababini quyidagicha izohladi.
“Rossiya tomoni bizga bu ishni Davlatlararo aviatsiya qoʻmitasi tomonidan tekshirishni rasman taklif qildi. Biz bundan qat'iyan voz kechdik. Sababi aniq, chunki bu institut asosan rossiyalik amaldorlardan iborat boʻlib, uning tepasida rossiyalik fuqarolar turishi sir emas.
Bu erda ob'ektivlik omillari toʻliq qanoatlantirilmasligi mumkin. Agar biz halokatdan soʻng darhol Rossiya tomonidan koʻrilgan adolatli va adekvat qadamlarni koʻrganimizda, ehtimol, e'tiroz bildirmagan boʻlardik. Ammo bu masalani yashirishga aniq urinishlar borligini koʻrdik. Samolyotga tushgan “oskolka”larning yoʻlovchilar va ekipaj a'zolariga etkazgan jarohatlari aniq. Buni qandaydir qushlarga yoki gaz ballonining portlashiga yoʻyish ham ahmoqlik, ham insofsizlik”, dedi Ozarbayjon prezidenti.
Rossiyaga qoʻyilgan talablar
“Biz Rossiya tomoniga oʻz talablarimizni aniq bayon qildik. 27 dekabr kuni bu talablar ularga rasman topshirildi. Ular nimadan iborat? Birinchidan, Rossiya tomoni Ozarbayjondan uzr soʻrashi kerak. Ikkinchidan, ular oʻz ayblarini tan olishi lozim.
Uchinchidan, ular aybdorlarni jazolashi, jinoiy javobgarlikka tortishi va Ozarbayjonga, jabrlangan yoʻlovchilar va ekipaj a'zolariga tovon toʻlashi kerak — bu bizning shartlarimiz. Ulardan birinchisi kecha taqdim etilgandi. Umid qilamanki, boshqa shartlarimiz ham qabul qilinadi”, dedi Ilhom Aliyev.
U samolyot ataylab urib tushirilmagani, aybni tan olish, Ozarbayjondan oʻz vaqtida kechirim soʻrash va buni jamoatchilikka etkazish amalga oshirilishi kerak boʻlgan choralar ekanini aytdi.
“Afsuski, dastlabki uch kun davomida Rossiyadan mantiqsiz versiyalardan boshqa hech narsani eshitmadik. Bizni xafa qilgani va hayratga solgan jihatlardan biri shundaki, Rossiya rasmiy tuzilmalari qandaydir gaz ballonining portlashi haqida taxminlarni ilgari surishdi. Ya'ni bu Rossiya tomoni masalani bostirishni xohlayotganini ochiq koʻrsatdi va bu, albatta, hech kimga sharaf keltirmaydi” dedi siyosatchi.
Putin Aliyevdan uzr soʻradi
29 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev bilan suhbat chogʻida AZAL samolyoti bilan sodir boʻlgan fojiali voqea uchun uzr soʻradi.
“Vladimir Putin fojiali hodisa Rossiya havo hududida yuz bergani uchun uzr soʻradi va qurbonlarning oila a'zolariga yana bir bor chuqur hamda samimiy hamdardlik bildirdi, jarohatlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tiladi”, deyiladi Kreml xabarida.
Kremlning ta'kidlashicha, Ozarbayjon samolyoti Grozniy aeroportiga bir necha bor qoʻnishga uringan.
“Oʻsha vaqtda Grozniy, Mozdok va Vladikavkaz Ukraina jangovar dronlari tomonidan hujumga uchragan va Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari bu hujumlarni qaytargan”, deyiladi bayonotda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bashar Asadning rafiqasi Britaniya razvedkasiga ishlaganlikda gumonlanmoqda
Netanyaxu Trampning inauguratsiyasida qatnashishdan bosh tortdi
Britaniya TIV rahbari Ukraina urushi qachon tugashi mumkinligini aytdi
Livanda 12 marotaba muvaffaqiyatsiz saylovlardan soʻng prezident tayinlandi
Germaniyada sobiq vazirning yuziga tort uloqtirishdi
Manba: Kreml urush tugagach Belarusni oʻziga qoʻshib olmoqchi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti metapnevmovirus yuzasidan bayonot berdi
Eron generalining Suriyadagi “jiddiy strategik magʻlubiyat” haqidagi bayonoti