
Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 29 dekabr kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan yana telefonda muloqot qildi. Unda davlat rahbarlari Oqtovda Azerbaijan Airlines samolyotining halokati bilan bogʻliq turli masalalarni muhokama qildi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Interfaks» nashriga ma'lum qildi. U suhbat tafsilotlarini keltirmadi.
Putin matbuot kotibining bayonoti Ilhom Aliyevning Ozarboyjon televideniyesiga bergan intervyusi fonida paydo boʻldi. Unda Aliyev aviahalokatdan keyingi dastlabki kunlarda «Rossiyadan yolgʻondan boshqa hech narsa eshitmaganini» ta'kidlagan. U, shuningdek, Moskvadan Ozarboyjon samolyotining halokati uchun javobgarlikni tan olish, aybdorlarni jazolashni va tovon toʻlashni talab qildi.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev matbuot xizmati ham Putinning qoʻngʻirogʻi haqida xabar berdi. Unda ta'kidlanishicha, davlat rahbarlari Oqtovda Azerbaijan Airlines samolyotining halokati bilan bogʻliq turli masalalarni muhokama qilgan.
Bir kun avval, 28 dekabr kuni ham Putin va Aliyev telefon orqali suhbat qilgan va qoʻngʻiroq Rossiya tomoni tashabbusi bilan boʻlgani aytilgan edi.
Kreml xabariga koʻra, Putin «fojiali voqea Rossiya havo hududida yuz bergani» uchun Aliyevdan uzr soʻragan.
Ozarboyjon prezidenti matbuot xizmati xabariga koʻra, «Putin AZAL samolyotiga Rossiya havo hududida fizik va texnik ta'sir boʻlgani uchun uzr soʻradi». “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar