
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Oqtov shahri yaqinida halokatga uchragan Embraer 190 samolyoti ekipaji a'zolarini taqdirlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.
Hujjatga koʻra, kema komandiri Igor Kshnyakin, yordamchi uchuvchi Aleksandr Kalyaninov va bort kuzatuvchisi Hokima Aliyevaga «Milliy qahramon» unvoni berildi. Ularning barchasi halokatda qurbon boʻldi.
Bundan tashqari, tirik qolgan bort kuzatuvchilari Zulfiqor Asadov va Oydin Rahimli birinchi darajali «Rashadat» (Jasorat) ordeni bilan taqdirlandi.
25 dekabr kuni Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegishli Embraer 190 samolyoti Boku-Grozniy yoʻnalishida parvoz qilib, Qozogʻistonning Oqtov shahri yaqinida halokatga uchradi. Samolyot bortidagi 67 kishidan 38 nafari halok boʻldi. Ular orasida ekipajning 3 a'zosi ham bor edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar