Foto: Reuters
AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 2,5 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini e'lon qildi. Bu haqda Oq uy saytida soʻz boradi.
Baydenning bayonotiga koʻra, ushbu harbiy yordam paketi havo hujumidan mudofaa tizimlari, artilleriya snaryadlari hamda «boshqa muhim qurollar»ni darhol va uzoq muddatli etkazib berishni oʻz ichiga oladi.
Yangi paketga koʻra, Pentagon zaxiralaridan 1,25 milliard dollarlik, shuningdek, Ukraina xavfsizligiga koʻmaklashish tashabbuslari (USAI) doirasida 1,22 milliard dollarlik harbiy yordam koʻrsatiladi.
USAI dasturiga muvofiq Pentagon tayyor qurollarni bermay, ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar imzoladi. USAI doirasida qurollarni etkazib berishga oylar yoki yillar ketishi mumkin. Oq uy xabarida ta'kidlanishicha, bu mazkur dastur doirasidagi oxirgi mablagʻlar hisoblanadi.
Yordam paketi tayyorlanayotgani toʻgʻrisida 29 dekabr kuni kechqurun Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma'lum qilgandi. «Amerikaning Ukrainani qoʻllab-quvvatlash borasidagi muhim qarori tayyorlanayotganini bilaman — rasmiy e'lon ertaga berilishini kutyapmiz: bu harbiylarimiz uchun sezilarli yordam paketi», — degandi u.
CNN telekanali sentyabr oyida 2024 yil apreldan beri AQSh Ukrainaga harbiy yordam hajmini qisqartirganini ma'lum qilgandi. Oʻshanda Pentagon Kiyevga 1 milliard dollarlik harbiy yordam koʻrsatilishini e'lon qilgan, ammo shundan keyingi paketlardan birortasi 400 million dollardan oshmayotgan edi. Shu bilan birga, 2024 yil dekabrga kelib yordam paketlari yana oshdi: 3 dekabr kuni Oq uy Ukrainaga 725 million dollarlik, 7 dekabrda — 988 million, 13 dekabrda esa 500 million dollarlik yordamlarini e'lon qildi.
Reutersʼning qayd etishicha, hozirgi paket Jo Baydan administratsiyasining Ukrainani qoʻllab-quvvatlashdagi oxirgi toʻgʻridan toʻgʻri yordami boʻlishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pvel Durov Mark Tsukerbergning yaqinda bergan bayonotiga qanday javlb qaytardi?
Trampning Grenlandiyani oʻzlashtirish maqsadi: Orol AQSh uchun nega bunchalik muhim?
Donald Tramp: «Ukrainada urush boshlanishi – Baydenning aybi»
Los-Anjeles yonmoqda: 5 kishi halok boʻlgan va zarar miqdori 50 mlrd dollardan oshdi
Trampning soʻzlaridan keyin Meksika prezidenti Amerika nomini oʻzgartirishni taklif qildi
Trampning tahdidlariga Fransiya va Germaniya qanday munosabat bildirdi?
Telegram foydalanuvchilar ma'lumotini AQShga berishni boshladi...
Rossiya harbiy razvedkasi Afgʻonistonda AQSh askarlarini oʻldirish uchun toliblarga pul toʻlagan(mi?)