Foto: AFP
AQSh Moliya vazirligi Kongressdagi qonun chiqaruvchilarga hakerlardan biri, aftidan, Xitoy manfaatlaridan kelib chiqib, departamentning bir qator onlayn platformalari va hujjatlariga masofadan kirish imkonini beruvchi xavfsizlik kalitini qoʻlga kiritgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda 30 dekabr, dushanba kuni Reuters, AFP va The New York Times xabar berdi.
Vazirlik 8 dekabr kuni BeyondTrust dasturiy ta'minot ishlab chiqish xizmatlarini koʻrsatuvchi uchinchi kompaniya tomonidan kiberhujum sodir etilgani haqida ogohlantirilgan.
Hujjatlar maxfiy emas edi
AQSh Moliya vazirligi buzgʻunchilik ta'sirini aniqlash uchun Federal tergovlar byurosi (FTB), razvedka hamjamiyati va boshqalar bilan ishlamoqda. Belgilangan tuzilma oflayn rejimga oʻtkazildi, hakerlar hali ham unga kirish huquqiga ega ekanligi haqida hech qanday dalil yoʻq, deya ma'lum qildi vazirlik.
Hujjatlar sirli emas, ammo gap «AT xavfsizligi sohasidagi jiddiy voqea» haqida ketyapti, deya xabar berdi Vashington.
Moliya idorasi keyingi 30 kun ichida qoʻshimcha ma'lumot beradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Manba: Kreml urush tugagach Belarusni oʻziga qoʻshib olmoqchi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti metapnevmovirus yuzasidan bayonot berdi
Eron generalining Suriyadagi “jiddiy strategik magʻlubiyat” haqidagi bayonoti
Tramp ham xuddi Putindek qoʻshnilarning erlariga koʻz olaytirmoqda
Kanada, Daniya va Panamadagilar Trampning hududiy da'volari boʻyicha qanday fikrda?
Panama va Daniya Trampning hududiy da'volariga qanday javob qaytardi?
AQSh Netanyahuni himoya qilish uchun misli koʻrilmagan chora koʻrmoqchi
«Zamonaviy Don Kixot»: Tramp shamol parraklariga qarshi