Foto: Bloomberg
Venesuela Oliy sudi Oliy sudi TikTok ijtimoiy tarmogʻini insonning ruhiy va jismoniy salomatligiga zarar etkazuvchi kontent tarqatgani uchun 10 million dollar miqdorida jarimaga tortdi.
«Venesuela Oliy sudi TikTokʼni mamlakat Milliy kommunikatsiya komissiyasiga mazkur qaror e'lon qilinganidan keyin sakkiz kun ichida toʻlanishi kerak boʻlgan 10 million dollarlik jarimadan xabardor qiladi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoq insonning ruhiy va jismoniy sogʻligʻiga zarar etkazadigan virusli kontent tarqalishining oldini olish uchun zarur choralar koʻrishi kerak», — deydi Oliy sud raisining oʻrinbosari Tanya D’Amelio.
Uning soʻzlariga koʻra, ushbu moliyaviy mablagʻlar hisobiga TikTokʼdan zarar koʻrganlarga yordam koʻrsatuvchi jamgʻarma tashkil etiladi. U eng avvalo ijtimoiy tarmoq faoliyatidan jabrlangan bolalar va oʻsmirlarga koʻmaklashadi.
Oliy sud, shuningdek, TikTok kompaniyasi zimmasiga Venesuela qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish uchun vakolatxona ochish majburiyatini yuklagan.
Eslatib oʻtamiz, avgust oyida Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bir kun kelib mamlakatda WhatsApp, Instagram va TikTok’dan tashqari yangi ijtimoiy tarmoqlar paydo boʻlishiga ishonch bildirgan edi.
Avvalroq Moskvaning Taganskiy sudi TikTok ijtimoiy tarmogʻini «axborotdan foydalanishni cheklash tartibini buzganlik» uchun ma'muriy modda boʻyicha 3 million rubl miqdorida jarimaga tortgandi. Shuningdek, Evropa komissiyasi TikTok platformasiga qarshi Raqamli xizmatlar toʻgʻrisidagi qonunni buzganlikda gumon qilib, rasmiy ish ochgani toʻgʻrisida xabar berilgandi. Bunga Ruminiyadagi prezidentlik sayloviga aralashish maqsadida platformadan foydalanganlik holatlari sabab boʻlgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Trampning soʻzlaridan keyin Meksika prezidenti Amerika nomini oʻzgartirishni taklif qildi
Trampning tahdidlariga Fransiya va Germaniya qanday munosabat bildirdi?
Telegram foydalanuvchilar ma'lumotini AQShga berishni boshladi...
Rossiya harbiy razvedkasi Afgʻonistonda AQSh askarlarini oʻldirish uchun toliblarga pul toʻlagan(mi?)
Yaponiya hukumati nega Xitoy bilan bogʻliq kiberhujumlardan xavotirga tushmoqda?
Evropa Trampning keskin bayonotlaridan xavotirga tushmoqda
Xitoy raisi nima uchun mashhur iqtisodchini jazolashni buyurdi?
Kurskka hujum koʻlami qanday va undan maqsad nima?