Suriyada saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish toʻrt yilga qadar muddatni olishi mumkin. Bu haqda Suriya rahbari Ahmad ash-Shar'a Saudiya Arabistonining Al-Arabiya telekanaliga bergan intervyusida gapirdi.
“Hay'at tahrir ash-Shom” guruhi 2024 yil 8 dekabr kuni Bashar Asad hokimiyati agʻdarilishida muhim oʻrin tutgan edi. Shundan keyin Ahmad ash-Shar'a Suriyaning amaldagi etakchisiga aylandi.
Ash-Shar'a fikricha, mamlakatning yangi konstitutsiyasini ishlab chiqishga uch yilga qadar muddat ketadi. Suriyaliklar hayotida esa ilk oʻzgarishlar bir yildan keyin yuz koʻrsatadi.
Ahmad ash-Shar'a oʻzi rahbarlik qilib kelayotgan “Hay'at tahrir ash-Shom” guruhining taqdiriga ham oydinlik kiritgan. Unga koʻra, mamlakatdagi boshqa harbiylashgan tuzilmalar qatori “Hay'at tahrir ash-Shom” guruhi ham milliy muloqot jarayonida tarqatib yuboriladi.
Intervyu mobaynida ta'kidlanishicha, kurdlar Suriyaning ajralmas qismi sanaladi.
Isyonchilar etakchisi Suriya Eron bilan hamkorlik qilish niyatida ekani, ammo robitalar suverenitetga hurmat va ichki ishlarga aralashmaslik tamoyillariga asoslanishi kerakligini aytgan.
Moskva bilan aloqalarga toʻxtalgan ash-Shar'a Suriya va Rossiyani chuqur strategik manfaatlar bogʻlab turishi, mamlakatdagi barcha qurol-aslaha Rossiyada ishlab chiqarilgani, elektr stantsiyalar rus mutaxassislari tomonidan boshqarilishiga e'tibor qaratgan.
“Biz, ayrimlar xohlaganidek, Rossiya Suriyadan ketishini istamaymiz”, – degan u.
Ash-Shar'a AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Damashqqa nisbatan avval joriy etilgan sanktsiyalarni bekor qilishiga ham umid bildirgan.
Joriy yil 1 martga qadar Suriyadagi barcha guruh va tuzilmalar mamlakatning siyosiy istiqboli va oʻtish davri hukumatini tuzish uchun yigʻilishi kutilmoqda.
Avval xabar berganimizdek, yaqinda Damashqda yangi hukumat bilan muzokara oʻtkazgan AQSh tomoni “Hay'at tahrir ash-Shom” guruhi rahbari Ahmad ash-Shar'ani qoʻlga olishga doir axborot uchun 10 million dollar mukofot berish rejasidan voz kechgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp: «Ukrainada urush boshlanishi – Baydenning aybi»
Los-Anjeles yonmoqda: 5 kishi halok boʻlgan va zarar miqdori 50 mlrd dollardan oshdi
Trampning soʻzlaridan keyin Meksika prezidenti Amerika nomini oʻzgartirishni taklif qildi
Trampning tahdidlariga Fransiya va Germaniya qanday munosabat bildirdi?
Telegram foydalanuvchilar ma'lumotini AQShga berishni boshladi...
Rossiya harbiy razvedkasi Afgʻonistonda AQSh askarlarini oʻldirish uchun toliblarga pul toʻlagan(mi?)
Yaponiya hukumati nega Xitoy bilan bogʻliq kiberhujumlardan xavotirga tushmoqda?
Evropa Trampning keskin bayonotlaridan xavotirga tushmoqda