
Foto: Anadolu Agency
Qoʻshma Shtatlar Rossiya bilan mavjud kelishmovchiliklarga qaramay, konstruktiv va oʻzaro hurmatga asoslangan muloqotga tayyor. Bu haqda AQShning Rossiyadagi elchisi Linn Treysi ma'lum qildi.
«Diplomatik sa'y-harakatlarga katta ehtiyoj saqlanib qolyapti. Biz rossiyaliklar va amerikaliklar oʻrtasida mavjud aloqalarni saqlab qolish va yangi aloqalarni oʻrnatishda davom etishimiz kerak. Biz, shuningdek, koʻplab masalalar boʻyicha mavjud chuqur kelishmovchiliklarga qaramay, Rossiya hukumati vakillari bilan oʻzaro hurmatga asoslangan va konstruktiv muloqotga ochiqmiz», — deydi diplomat diplomatik missiyaning ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida joylashtirilgan videoda.
Diplomat, shuningdek, 2025 yilda «tinch kelajak» echimlari topilishiga umid bildirdi.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov TASS agentligiga bergan intervyusida Moskva AQSh bilan siyosiy muloqotni tiklashga ochiq ekani, biroq Vashington birinchi qadamni qoʻyishi kerakligini aytgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar