10:58 / 03.01.2025
21

AQShning Kaliforniya shtatida ham samolyot qulab tushdi (video)

AQShning Kaliforniya shtatida ham samolyot qulab tushdi (video)
Foto: NYP
AQShning Kaliforniya shtatida samolyot tijorat binosiga qulashi oqibatida ikki kishi halok boʻldi, 18 kishi jarohatlandi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Oʻn kishi tan jarohati bilan shifoxonaga etkazilgan. Qolgan 8 kishi yordam koʻrsatilgach, qoʻyib yuborilgan. Federal Aviatsiya ma'lumotlariga koʻra, bir dvigatelli Van’s RB-10 samolyoti halokatga uchragan. Rasmiylar halokat qanday sodir boʻlgani haqida qoʻshimcha ma'lumot bermagan. Halok boʻlgan ikki kishi ishchi boʻlganmi yoki samolyot bortidagilarmi, noma'lum.

Politsiya hududdagi binolardan odamlarni evakuatsiya qilmoqda va halokat sodir boʻlgan joydan uzoqroqda turishni soʻramoqda.

Kongressmen Lou Korrea samolyot qulagan bino mebel ishlab chiqarish biznesi ekanini aytdi. U jarohatlanganlarning aksariyati zavod ishchilari boʻlganini ta'kidladi. Aviahalokat oqibatida yongʻin ham kelib chiqqan va u oʻt oʻchiruvchilar tomonidan oʻchirilgan.

Bu soʻnggi ikki oy ichida hududda halokatga uchragan ikkinchi samolyotdir. 25 noyabr kuni yana bir samolyot aviahalokat yuz bergan hududdan taxminan bir blok uzoqlikda daraxtga qulab tushgandi. Ushbu halokatda jiddiy jarohatlar qayd etilmagan.

Bu samolyot ishtirokida 10 kun ichida yuz bergan beshinchi xavfli hodisadir.

♦ 25 dekabr kuni Qozogʻistonning Oqtov shahrida yuz berdi. Ozarbayjon samolyoti qulashi oqibatida 38 kishi halok boʻldi, 29 kishi omon qoldi. Aviatexnika koʻzdan kechirilganida teshiklar aniqlandi. Ozarbayjon prezidenti samolyot Grozniy yaqinida oʻqqa tutilgani, bu samolyotni ishdan chiqarganini aytdi. Ilhom Aliyev Rossiyadan uzr soʻrash, aybdorlarni jazolash va kompensatsiya toʻlashni talab qildi.

♦ 29 dekabr kuni Janubiy Koreyada Bangkokdan Muanga parvoz qilayotgan Jeju Air aviakompaniyasining Boeing 737-800 samolyoti belgilangan aeroportga qoʻnayotganda yonib ketdi. Hodisa oqibatida 179 kishi halok boʻldi, ikki kishi omon qoldi. Holat yuzasidan Koreyada 7 kunlik motam e'lon qilindi.

♦ 29 dekabr kuni Boeing 737-800 samolyoti Oslo shahriga favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi. Amsterdamga uchayotgan samolyot gidravlikasida nosozlik yuz bergan. Samolyot Oslo aeroportiga qoʻnish chogʻida uchish-qoʻnish yoʻlagidan chiqib ketib, oʻtlar ustida toʻxtagan. OAV hech kim jabrlanmagani, yoʻlovchilar evakuatsiya qilingani haqida yozmoqda.

♦ 29 dekabr kuni BAAda Jazirah Aviation Club aviakompaniyasiga tegishli engil motorli samolyot dengizga qulab tushdi. Aviahalokat oqibatida uchuvchi va hamrohi halok boʻlgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo