16:11 / 03.01.2025
9

Rossiya qoʻshinlari kecha tunda Ukrainaga 72 ta dronlar bilan hujum qildi

Rossiya qoʻshinlari kecha tunda Ukrainaga 72 ta dronlar bilan hujum qildi
Foto: AFP
Rossiya qoʻshinlari kecha tunda turli turdagi 72 ta dron bilan Ukrainaga hujum qildi. Dronlar Bryansk, Orel, Kursk va Primorsko-Axtarsk rayonlaridan uchirildi, deb xabar berdi Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari 2 yanvar, payshanba kuni.

Mahalliy vaqt bilan soat 8.30 holatiga koʻra, 47 ta "Shahed" hujumkor dronlari va boshqa turdagi UUA urib tushirilgan. Yana 24 ta dron «yoʻqolgan (salbiy oqibatlarsiz)», bittasi havoda boʻlgan. Ukraina rasmiylari qurbonlar bor-yoʻqligi yoki infratuzilmaga zarar etgani haqida xabar bermadi.

RF Mudofaa vazirligi: 13 ta dron Rossiya hududlari uzra urib tushirildi

Oʻz navbatida, Rossiya Mudofaa vazirligi 13 ta Ukraina uchuvchisiz uchoqlari bir kechada Rossiya hududlari ustida navbatchilik qilayotgan havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilganini ma'lum qildi. Idora ma'lumotlariga koʻra, bitta UUA Voronej oblasti, uchtasi Belgorod oblasti, toʻrttasi Bryansk oblasti, toʻrttasi Kursk oblasti va bittasi Kaluga oblasti uzra «yoʻq qilingan». Shu bilan birga, Bryansk oblasti gubernatori Aleksandr Bogomaz oʻz hududida oltita dron urib tushirilganini ma'lum qildi.

Bundan tashqari, tungi vaqtda Saratov, Penza, Saransk, Ulyanovsk va Qozon aeroportlarida samolyotlarning uchishi va qoʻnishiga cheklovlar joriy etildi. Fuqarolik parvozlari xavfsizligini ta'minlash maqsadida vaqtinchalik cheklovlar kiritildi, deb xabar qildi Rosaviatsiya.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo