Foto: Reuters
Keniyaning Makueni okrugi Mukuku qishlogʻiga salkam yarim tonnali kosmik chiqindi tushdi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Diametri taxminan 3 metr va ogʻirligi 498 kilogram atrofidagi metall halqa osmondan tushib, parchalangan. Hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan. Dastlabki baholashlarga koʻra, erga tushgan ob'ekt “raketa tashuvchisining ajratuvchi halqasi” hisoblanadi. U Er atmosferasiga kirganda yonib ketishi yoki odamlar yashamaydigan hududga, masalan, okeanga tushishi kerak edi.
Keniya kosmik agentligi chiqindi 60 yillik kosmosni oʻzlashtirish natijasi ekanini ma'lum qildi. Agentlik voqea joyini zudlik bilan oʻrab olgan va ob'ektni keyingi tadqiqotlar uchun olib qoʻygan. Bunday holatlar Er atrofidagi orbitada chiqindilar soni koʻpayishi sababli ortib boradi.
Garvard-Smitson astrofizika markazidan kosmik ob'ektlarning qulashini kuzatish boʻyicha mutaxassis Jonatan Makdavell parchaning kosmik kelib chiqishiga shubha bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, ob'ekt atmosferaga qayta kirishda qizib ketganiga aniq dalillar yoʻq va u samolyotning qoldigʻi boʻlishi mumkin.
Shu bilan birga, LeoLabs kompaniyasining kosmik chiqindilar boʻyicha eksperti Darren MakNaytning ta'kidlashicha, kosmik ob'ektlarning ba'zi qoldiqlari “qurbonlik massasini” saqlashi mumkin. U atmosferaga kirishda yonib, asosiy elementni shikastlanmagan holda qoldiradi.
Atlas Centaur raketasi bilan ehtimoliy bogʻliqlik
Aerospace Corporation ma'lumotlar bazasidan olingan dastlabki ma'lumotlarga koʻra, topilgan ob'ekt 2004 yilda AQSh Milliy razvedka boshqarmasining USA-179 sun'iy yoʻldoshini orbitaga chiqarish uchun uchirilgan Atlas Centaur raketasining qoldiqlari boʻlishi mumkin. Raketa qoldiqlari 30 dekabr kuni atmosferaga kirib, Afrika ustidan uchib oʻtishi kerak edi.
Biroq AQSh Harbiy-havo kuchlariga koʻra, ushbu ob'ekt Rossiyadagi Baykal koʻli ustida yonib ketgan. Bu esa qoʻshimcha tadqiqotlar va ma'lumotlarni tasdiqlash zaruratini tugʻdiradi.
Inside Outer Space tahlilchilari ob'ektning tuzilishi “Roskosmos” tomonidan ishlab chiqilgan Angara-A5M raketa qismlarini ishlab chiqarish texnologiyalari bilan umumiy xususiyatlarga ega ekanini taxmin qilmoqda. Keniya kosmik agentligi tergov natijalarini yaqin kunlarda e'lon qilishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Donbassdagi yana bir muhim shaharni egallagani aytilmoqda
Mudofaa vazirligi: Rossiya qurolli kuchlari Kuraxovoni nazoratga oldi
«Oltin togʻlar» va'da qilgan Trampning rejasida nimalar notoʻgʻri?
Fransiya bir qator ukrainalik harbiylarning qochib ketganini tasdiqladi
Isroil «Hizbulloh» bilan uzoq muddatli sulh tuzmoqchi(mi?)
Noqonuniy qurilmalar buzdirildi
1-fevraldan boshlab Oʻzbekistonda poyezd chiptalari narxi yana oshadi!
Deputatlar elektron sigaretalarni taqiqlovchi qonun loyihasini koʻrib chiqishmoqda