22:30 / 06.01.2025
61

Qozogʻistonlik jarrohlar 4 yoshli bolaning ichaklaridan 39 ta magnit sharni olib tashladi

Qozogʻistonlik jarrohlar 4 yoshli bolaning ichaklaridan 39 ta magnit sharni olib tashladi
Foto: Report.az
Oqmoʻla viloyat bolalar shifoxonasida shifokorlar 39 ta magnit sharni yutib yuborgan toʻrt yoshli bolaning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2 yanvar kuni bola Zerenda qishlogʻidan qorindagi kuchli ogʻriqlar va takroriy qusish shikoyatlari bilan zudlik bilan bolalar shifoxonasiga olib kelingan, keyinroq uning ahvoli yomonlashgan.

Rentgen tekshiruvi bolaning ichaklarida koʻplab begona jismlar borligini koʻrsatdi”, dedi shifoxona xodimi.

Bolalar jarrohi Salimjon Jakupovning aytishicha, operatsiya deyarli besh soat davom etgan.

Foto: Zakon.kz
Bolaning ichaklarida 39 ta magnit shar boʻlgan, ular yoʻgʻon va ingichka ichaklarni shikastlab, teshilish va peritonitni keltirib chiqargan, yot jismlarni olib tashlash va oqibatlarini bartaraf etish jiddiy zarar etkazish xavfi tufayli murakkablashgan”, dedi shifokor.

Shifokorlarning professionalligi va oʻz vaqtida koʻrilgan choralar tufayli bolaning hayoti saqlab qolindi. Shifokorlar, shuningdek, ota-onalarni bolalari qanday narsalar bilan oʻynayotganini kuzatishga va oʻyinchoqlarning xavfsizligini tekshirishga chaqirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo